Gvardiola: "ECHLni yaxshi ko'raman, biroq APLdagi chempionliklarimizga ham tan berishingiz kerak"
11 iyu 2023 15:50
Yangiliklar
Gvardiola: "ECHLni yaxshi ko'raman, biroq APLdagi chempionliklarimizga ham tan berishingiz kerak"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola muxlislardan ECHL bosh sovrinidan keyin APL chempionliklarini yoddan chiqarmaslikni so'radi.
Angliya klubi ushbu mavsumda trebl qayd etdi, APLda esa so'nggi 6 mavsumda 5 chempionlik qo'lga kiritilgan.
"Menga ECHL yoqadi, chunki unda g'olib bo'ldik. Bu bizda hayotimizning so'nggi kunigacha yodda qoladigan narsa, chiroyli tarix.
Biroq bizning Premer-ligada so'nggi 6 yildagi 5 chempionligimiz yoddan ko'tarilmasin. Muhimi, odamlar buni amalga oshirganlarni yoddan chiqarmaydi. Balki yana bir muzey tashkil qilib, odamlar sovrinni tomosha qilib, rohat olishlari uchun yordam berish kerakdir", - dedi "Siti" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar