Gvardiola De Bryuynega o'rinbosar topdi
14 may 10:18
Yangiliklar
Gvardiola De Bryuynega o'rinbosar topdi
Insayder Kristian Falkning yozishicha, "Manchester Siti" Florian Virc transferi bo'yicha "Bayer"ga taklif yuborgan.
Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning shaxsan o'zi "Bayer" futbolchisi Florian Virc transferiga qiziqmoqda. Gavrdiola Virc bilan bir necha marotaba suhbatlashgan va uni Kevin De Bryuynega o'rinbosar sifatida ko'rayotganini aytgan. Nemis jamoasi o'z etakchisini 150 million evroga sotishga tayyor.
"Manchester Siti" yarim himoyachi uchun "Bavariya" bilan kurashishga to'g'ri keladi. Nemis grandi ham germaniyalik yarim himoyachi bilan shartnoma tuzishni reja qilgan.
Malumot uchun, Virc joriy mavsum 44 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 15 ta assist amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar