Gvardiola bir shart bilan Italiya klublaridan birini boshqarishga roziligini malum qildi
14 okt 2024 08:04
Yangiliklar
Gvardiola bir shart bilan Italiya klublaridan birini boshqarishga roziligini malum qildi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Italiya klublaridan birini boshqarishi mumkinmi degan savolga javob berdi.
"Hali kelajagim borasida aniq bir qarorga kelmadim. Agar Roberto Badjo meni yordamchim bo'lishga rozi bo'lsa, Italiyaga boraman", - deb javob bergan Gvardiola.
Malumot uchun, Gvardiolaning "Manchester Siti" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadi. U avvalroq Angliya terma jamoasini boshqarmasligini malum qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniyalik murabbiy 2000 yillarda "Breshiya" safida Roberto Badjo bilan birga to'p surgan. Hozirda Roberto Italiya terma jamoasining texnik direktori hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar