Gvardiola: "Barselona"dagi futbolchilarim haqiqiy qotillar edi"
15 apr 2021 22:51
Yangiliklar
Gvardiola: "Barselona"dagi futbolchilarim haqiqiy qotillar edi"
Ushbu murabbiy qo'l ostida "Barselona"ning so'nggi o'yini Ispaniya Kubogi finali doirasida o'tkazilgan bo'lib, unda kataloniyaliklar "Atletik"ni 3:0 hisobida mag'lub etgandi.
"O'shanda "Atletik" futbolchilari bosimga tushib qolgani yodimda. Uchrashuv starti oldidan ular futbolchilarim oldida juda qo'rqib turishgandi va shu boisdan huddi o'rtoqlik o'yinida o'ynagandek bo'sh harakat qilgandi.
Marselo Belsa jamoalari doimo o'zining yuqori xarakterga egaligi bilan ajralib turadi. O'sha o'yin biz uchun oson o'tgan deya olmayman. Ammo o'sha o'yindagi "Barselona" tarkibi ko'plab raqiblarini sezmasdan o'tib ketardi. Xohlasa beshta, xohlasa 8ta gol urardi.
Balki ular hayotda oddiy odam kabi ko'rinar. Biroq maydonda haqiqiy qotil edilar", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar