Gvardiola Abduqodir Husanovni maqtadi
25 fev 18:17
Yangiliklar
Gvardiola Abduqodir Husanovni maqtadi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ertaga bo'lib o'tadigan "Tottenxem"ga qarshi o'yindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etmoqda.
Unda mutaxassisdan jamoaning yanvar oyidagi yangi xaridlari haqida so'rashdi.
"Ularning o'yinimizga tasiri yaxshi bo'lmoqda, ayniqsa ulardagi vaqt kam bo'lganini hisobga olganda.
Husanov "Chelsi", "Leyton Orient", "Nyukasl", "Real" va "Liverpul"ga qarshi o'ynadi. U qaerdan kelganini hisobga olsak, mashg'ulotlar grafigi uning uchun qiyin va qattiq bo'ldi. Ingliz tilida yaxshi gapira olmasligi sabab unga muloqot etishmadi. Biroq, uning tasiri rosmana yaxshi bo'ldi", - dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, APL 27-turidan o'rin olgan "Tottenxem" - "Manchester Siti" bellashuvi ertaga tunda 00:30da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar