Guti: "Messi eng iqtidorli, Ronaldu esa o'zini o'zi yaratgan"
05 apr 2019 12:51
Yangiliklar
Guti: "Messi eng iqtidorli, Ronaldu esa o'zini o'zi yaratgan"
Ayni paytda "Beshiktosh" bosh murabbiyi yordamchisi hisoblangan "Real" sobiq yarim himoyachisi Guti Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni solishtirdi.
"Kim kuchliroq? Men har ikkisini tanlardim. Yaqindagina Messini kuchliroq deb hisoblashimni yozgandim, lekin qilgan ishlari uchun Ronalduni hurmat qilaman. U ajoyib o'yinchi.
Messi eng iqtidorli, Ronaldu esa - to'purar va o'zini o'zi yaratgan. Ishonib bo'lmaydi, ammo u Messi erasida beshta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi. U "Real"da jamoa uchun qanchalik muhimligini ko'rsatdi", - deya Gutining so'zlarini keltirdi "Marca" nashri.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar