So’nggi yangiliklar

12:05"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  0 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  2 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  4 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  8 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  21 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  10 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1

G'ulom O'runov: "Neftchi" O'zbekistonning kuchli jamoalardan biri sanaladi" Yangiliklar

G'ulom O'runov: "Neftchi" O'zbekistonning kuchli jamoalardan biri sanaladi"

Davralar oralig'idagi tanaffus chog'ida “Neftchi” jamoasi safiga bir qator yangi o'yinchilar kelib qo'shildi.
Mana shunday futbolchilardan biri G'ulom O'runovdir. Ushbu o'yinchi jarohati borligi sabab ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvlarida maydonga tusha olmaydi. Yaqin klub qarorgohida bu futbolchi bilan qisqacha suhbatlashdik. 

- G'ulom, kayfiyatlar qanday? Jamoada sizni qanday kutib olishdi?
- Jarohatimni hisobga olmasak hammasi joyida. Farg'onada meni yaxshi kutib olishdi. Hozir asosan jarohatimni davolatish bilan bandman. Bir necha kundan keyin umumiy guruh bilan mashg'ulotlarga kirishaman. O'ylaymanki, tez orada jamoa o'yiniga moslasha olaman.

- Eshtishimizga qarganda, sizga boshqa jamoalardan ham takliflar tushgan ekan. Nega aynan “Neftchi”ni tanladingiz?
- “Neftchi” O'zbekistonning kuchli jamoalardan biri sanaladi. Bu jamoada tajribali murabbiylar jamlanishgan. Qolaversa, aynan farg'onaliklar transferimni sotib olishga erishishdi.

- Farg'onaliklar bilan qancha muddatli shartnoma imzoladingiz?
- “Neftchi” bilan tuzgan bitimim yil oxiriga qadar mo'ljallangan.

- SHartnomani uzaytirish niyatingiz bormi?

- Buni endi vaqt ko'rsatadi. Oldindan bir narsa deyish mushkul. Hozirgi holatda tezroq safga qaytib, “Neftchi”ning g'alabalariga o'z hissamni qo'shmoqchiman.

Abror Dehqonov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика