So’nggi yangiliklar

16:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 0:0  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   3 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  1 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  4 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  8 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  17 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  14

G'ulom Haydar G'ulomov: “Har bir holatga VAR'ning aralashuvi futbolchilarga yoqmadi” Yangiliklar

G'ulom Haydar G'ulomov: “Har bir holatga VAR'ning aralashuvi futbolchilarga yoqmadi”

O'zbekiston Superligasi 2021 yilgi mavsum 2-turning dastlabki uchrashuvi “Lokomotiv” – “Navbahor” jamoalari o'rtasida kechdi.

Uchrashuvdan so'ng “temiryo'lchilar”ning yagona goliga mualliflik qilgan G'ulom Haydar G'ulomov saytimizga o'yin haqida intervyu berdi.

— O'yin haqida fikringiz?

— Bugun qiziqarli, jangovor tarzda kechgan o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham g'alaba uchun o'ynadi. Bu futbol. Unda kimdir yutadi, kimdir esa yutqazadi. Har ikki jamoa ham oxirigacha kurashdi, biroq yakunda g'alaba namanganliklarga nasib qildi. 

— Bugungi uchrashuvda 3 bor penalti qo'yildi va bularning barchasiga VAR aralashdi. Uchrashuvdagi VAR'ning ishtirokini qanday baholaysiz?

— Biz qanday penalti bo'lganini VAR orqali ko'rmadik. SHu bois ham nimadir deya olmayman. Barchasi hakamlarga ko'rindi. Lekin har ikki jamoaning futbolchilariga yoqmagan jihati har bitta narsaga VAR'ning aralashuvi bo'ldi. Hakam o'zi nazorat qilishi kerak bo'lgan joyda ham VAR aralashdi. Balki bu O'zbekistonda birinchi bor ishlatilayotgani uchundir, tag'in bilmadim. Ular hali bunga o'rganmagandir, ko'nikmagandir. 

— "Lokomotiv" 2 ta turda ham mag'lubiyatga uchradi. Bunga nima sabab? O'zi jamoada ichki muhit qanday? 

— Jamoamizda muhit ajoyib. Yuqorida aytganimdek bu futbol. Kimgadir omad kulib boqadi, kimgadir esa yo'q. Murabbiy bergan barcha topshiriqlarini bajaryapmiz. To'xtab qolish yo'q, ishlashda davom etamiz.


Og'abek Samisov yozib oldi. 

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика