So’nggi yangiliklar

01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  0 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  2 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  6 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  2 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  19 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  464 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  5 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0

"Gruziyaliklar O'zbekiston bilan o'yinga jiddiy qarashmoqda" - Elguja Grigalashvili Yangiliklar

"Gruziyaliklar O'zbekiston bilan o'yinga jiddiy qarashmoqda" - Elguja Grigalashvili

Gruziya bilan o'yinga qiziqish yuqori.

O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasidan o'rin olgan o'rtoqlik uchrashuvida Gruziyaga qarshi maydonga chiqadi. Bilasiz bu yurt futboli bilan ancha tanish hisoblanamiz. Hozirgi kunga qadar ichki chempionatimizda ko'plab gruziyalik futbolchilar to'p tepib kelgan. Ular o'zlarining baland bo'yi, jismoniy baqquvatligi va tezligi bilan ajralib turgan. Hozirda "Qizilqum" safida to'p tepayotgan Elguja Grigalashvili ham shular qatoridadir. Bu yil hisobidan yurtimizda to'rtinchi mavsumini o'tkazayotgan hujumkor futbolchi ko'pchilik muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurdi. Biz Gruziya bilan o'yin arafasi uning fikrlari bilan qiziqdik. 

SHveciyadan so'ng Gruziya yoxud O'zbekistonning Evropa terma jamoalari bilan statistikasi qanday?

- Bilasiz O'zbekiston terma jamoasi 15 noyabr kuni Gruziya mehmoni bo'ladi. Ushbu uchrashuvga yaqin sizning fikringiz bilan tanishish istagi tug'ildi. Sir emaski, mazkur yurt vakili sanalasiz. Imkoniyatlar, fikrlar bizdan ko'ra ko'proq bo'lishi tabiiy. Nima deb o'ylaysiz bu uchrashuv ko'proq qaysi tomonga foydaliroq?

- Qaysi tomonga foydaliligi haqida biror narsa deyish qiyin. CHunki bu o'z nomi bilan aytganda o'rtoqlik uchrashuvi, rasmiy maqomga ega emas. Ikki terma jamoa murabbiylarida kerakli jihatlarni ko'rib olish imkoni mavjud. Bunday o'yinlar futbolchilarning qanday holatda ekanligini bilib olish uchun ham kerak. Har holda yomon o'yin bo'lmasa kerak, deb o'ylayman.

- Ushbu bahsda imkoniyatlarni qanday baholaysiz? Gruziyada tarixdagi taniqli sobiq futbolchi Villi Sanol faoliyat olib bormoqda. U terma jamoani qanchalik kuchaytira olgan?

- Gruziya o'z o'yinini ko'rsatishga harakat qiladi. Villi Sanol terma jamoada o'yinni yaxshi yo'lga qo'ya olishi muhim. 

- Azaldan bilamiz, yuqorida ham takidladik gruziyalik futbolchilar bo'ydor va baquvvat bo'lishadi. O'zbekiston terma jamoasi himoyasida ayni paytda muammolar bor. Mana shu omillar tasirida o'yinda hisob yirik ko'rinishi olishi mumkinmi?

- Yo'q, yirik hisob qayd etilmaydi, deb o'ylayman. Maydonda teng kurash kechishini taxmin qilishim mumkin. Lekin yakunda Gruziya g'alaba qozonadi. 

- "Qizilqum"ning ikkinchi davradagi omadsizliklarining sababi nimada?

- Bu savolga hech narsa deya olmayman. Qaysidir o'yinlarda omad etishmayapti. Harakat qilmoqdamiz. To'xtab qolmaymiz.

- Gruziyaliklar O'zbekiston bilan o'yinga qanday munosabatda bo'lmoqda?

- Oddiy emas jiddiy qarashmoqda, deya olaman. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика