Grizmann: "Yil futbolchisi" finalchilari orasida franciyalik yo'qligi g'alati"
05 sen 2018 14:00
Yangiliklar
Grizmann: "Yil futbolchisi" finalchilari orasida franciyalik yo'qligi g'alati"
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann FIFA tomonidan topshiriladigan "Yil futbolchisi" finalchilari ro'yxati haqida fikr bildirdi.
"Bu yil faoliyatimdagi eng muvaffaqiyatlisi deya olaman. Ko'proq gol urgan mavsumlarim bo'lgan, ammo sovrinlar borasida bu eng yaxshi natija. "Yil futbolchisi" finalchilari orasida franciyalik yo'qligi g'alati. Afsus. Bu sovrinni FIFA topshiradi, shundaymi? Jahon chempionatini ham ular tashkillashtirishadi, to'g'rimi? Biz turnir g'olibiga aylandik, ammo uchlikda franciyalik yo'q. Bu ularning tanlovi, ammo men uchun hayron qoladigani ro'yxatda jahon chempionlari emasligi" - deydi Grizmann.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu, Luka Modrich va Muhammad Saloh "Yil futbolchisi" sovrini finalchilari sifatida elon qilingan edi.
Fikrlar