Grilish: "Ommaviy axborot vositalari bilan do'st bo'lishni xohlamayman"
21 sen 2022 23:24
Yangiliklar
Grilish: "Ommaviy axborot vositalari bilan do'st bo'lishni xohlamayman"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Jek Grilish britaniyalik jurnalistlarning tanqidlari haqida gapirdi.
Angliyalik futbolchi tanqidlardan ajablanmasligini tan oldi, chunki u dunyoning eng yirik klublaridan birida o'ynaydi va doimo nazarga tushadi.
"Men ommaviy axborot vositalari bilan do'st bo'lishni xohlamayman. Albatta, men haqimdagi tanqidlar qaerdan kelib chiqishini tushunaman. Lekin, o'ylaymanki, bu mamlakatda ular tanqid qilishga moyil, ayniqsa futbolchi dunyoning eng kuchli klublaridan birida o'ynasa. Men buni qabul qilishim kerak", — dedi Grilish.
Eslatib o'tamiz, Jek o'tgan yozda "Aston Villa"dan 117,5 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o'tgandi. Umuman olganda, angliyalik futbolchi “shaharliklar” safida 45 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar