Grigoriy Kolosovskiy: "Navbatdagi 2 ochkoni yo'qotdik"
15 avg 2024 21:40
Yangiliklar
Grigoriy Kolosovskiy: "Navbatdagi 2 ochkoni yo'qotdik"
O'yin haqida
- Bugun navbatdagi 2 ochkoni yo'qotdik. Gol urish uchun ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik biroq to'p darvozaga kirmadi. Kuchli jamoalar bilan o'ynadik. Umumiy aytganda, bugungi natija yomon emas. Ammo biz oldimizdagi vazifani bajarishimiz uchun g'alabalar kerak. Har bir o'yinga finaldek qarashimiz lozim.
- Jamoaga kelganingizdan buyon duranglarga erishdingiz. Qayd etilayotgan natijalar sizni qoniqtirayaptimi?
- 3 ta o'yinda 3 ochko jamg'ardik. Bu albatta meni qoniqtirmaydi. Lekin hozir Superligada o'yinlar oson o'tmayapti. Har bir jamoa maqsad uchun oxirigacha kurashayapti. "Lokomotiv","So'g'diyona" va "Neftchi" jamoalari bilan o'ynadik, qo'lga kiritganimiz 3 ochko xolos.
- Nega darvozaga kam zarba berilayapti?
- Ko'proq zarba berish uchun mashg'ulotlarda ishlayapmiz. Har bir yo'llangan zarba gol bo'lishini barcha jamoalar istaydi, biroq futbolda bu imkonsiz.
- Navbatdagi raqib "Dinamo" haqida fikringiz?
- Qiziqarli jamoa. O'yin uslubi ham qiziqarli. Biz hozir aytib o'tganimdek, faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Boshqacha yo'limiz yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar