So’nggi yangiliklar

13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  14 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  15 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  9 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1

Grigoriy Kolosovskiy: “Natija “Andijon” uchun va biz uchun ham qoniqarli bo'lgani yo'q, ammo namoyish etgan o'yinimizdan qoniqdim” Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: “Natija “Andijon” uchun va biz uchun ham qoniqarli bo'lgani yo'q, ammo namoyish etgan o'yinimizdan qoniqdim”

Superliga 21-tur doirasidagi "Metallurg" - "Andijon" o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Ikki jamoa ham 90 daqiqa davomida ancha etiborli bo'ldi. Biz etarlicha vaziyatlarga ega bo'ldik, biroq raqib ham darvozami tomon ko'p marotaba xavf soldi. “Andijon”ni o'rganib chiqqandik va standart vaziyatlardan yaxshi foydadana olishidan xabardor edik. Raqibning qarshi hujumlari ham ancha xavfli. Biz barchasiga tayyer edik. Bubanyaning gavdasi yirik va bu bizga noqulaylik tug'dirdi. Ikkinchi qavatda raqibga qarshi haqiqiy “kurash” qo'llashga majbur bo'ldik. “Andijon” shunday o'yin namoyish etishini kutgandik.


— Raqibning bo'yi baland futbolchilari haqida gapirib o'tdingiz, aynan shularga qarshilik ko'rsatish uchun bo'yi baland hujumchi Sekulichni nega maydonga tushirmadingiz? 

— Menimyaa, Sekulich boshi bilan etarlicha yaxshi o'ynay olmaydi. U to'pni yaxshi saqlab qola oladi, biroq bugungi uchrashuvda bizga tezkor futbolchilar kerak edi. Tajribali O'rinboev to'pni yaxshi saqlab qola oldi va zarba beradigan nuqtagacha etib bordi, lekin raqib himoyachilari qoida buzish bilan uni to'xtatishdi. Sekulich biroz boshqacharoq turdagi futbolchi, unga keyingi bahslarda imkoniyat berishimiz aniq.

— Bugungi qo'lga kiritilgan bir ochkodan ko'nglingiz to'ldimi?

— Natija meni qoniqtirmagani aniq. Bu bizning nechbnchidir durangimiz. O'z joyimizdan siljimayapmiz. “Lokomotiv” bugun mag'lubiyatga uchoadi va bizga “sovg'a” taqdim etdi, ammo gol ura olmayapmiz va g'alaba qozonmayapmiz. Vaziyatlarimiz bor, lekin gol yo'q. Qaerdadir mahorat yoki omad etishmayapti. Raqib darvozasi tomon yaqinlashganimizda qoidani buzishmoqda va fol. Natija “Andijon” uchun va biz uchun ham qoniqarli bo'lgani yo'q, ammo namoyish etgan o'yinimizdan qoniqdim. Ishlashda davom etamiz. Oldinda o'yinlar bor. Keyingi bahs “Navbahor”ga qarshi kechadm. Ular yaqinda finalni boy berishdi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика