So’nggi yangiliklar

07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  1 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  20 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  4 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  6 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  21 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3

Grigoriy Kolosovskiy: "Indivudial xatolar evaziga gollar o'tkazib yubordik" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Indivudial xatolar evaziga gollar o'tkazib yubordik"

Superliganing qoldirilgan 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin o'tkazdik. Nazarimda muxlislarbop va tomoshabop uchrashuv bo'ldi. SHaxsan o'zimga jamoamiz futbolchilari ko'rsatgan o'yin maqul keldi, kimdir yomon o'ynadi deb ayta olmayman. Birinchi bo'lim ikkinchi bo'limdan ko'ra yorqinroq o'tdi. Bilasizmi, gollarni indivudial xatolar evaziga o'tkazib yubordik. Kurashlarga boy o'yin bo'ldi. "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

- "Navbahor" birdan yorqin o'yin namoyish etgani ko'pchilikni ajablantirdi. Bugungi o'yinda jamoadan ehtiyotkor uslub kutilayotgandi...

- "Andijon" bilan o'yindan kelib chiqib aytayapsizmi?



- Yo'q, umuman joriy mavsumdagi hamma o'yinlarni nazarda tutayapman.

- "Navbahor" hamma o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqdi. Biroq jarohatlar, yuzaga kelgan yo'qotishlar jamoa natijalariga tasir qildi. O'sha "Neftchi"ga qarshi uchrashuvdan so'ng qayd etgan natijalarimiz ko'ngildagidek bo'lmadi. Bizda yo'qotishlar ko'payib ketdi.

- Nikabadzening jarohati bo'yicha malumot bersangiz. Uning holati qanday?

- Nikabadze jarohat oldi va majburan almashtirdik. Uning jarohati qay darajada jiddiy ekanini tibbiy ko'rikdan so'ng bilib olamiz.

- Tabatadze nega so'ngi o'yinlar qaydnomalarida yo'q?

- Tomada jarohat bor. SHuning uchun ham tarkibga kirmayapti.



- Birinchi davra yakunlandi. Transfer rejasi haqida malumot bera olasizmi?

- Birinchi davra davomida butun jamoa birgalikda ishladi, katta mehnat qilindi. Hozir kim ketadi, kim qoladi, bu haqida ayta olmayman. Jamoaga oid qarorlar butun jamoa ishtirokida hal qilinadi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика