So’nggi yangiliklar

12:54"Барселона" "Камп Ноу"га қайтмоқда: клуб кузда янгиланган аренада ўйнаши мумкин  0 12:26Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  0 11:59Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида учинчи марта дуранг ўйнади, "Сўғдиёна" меҳмонда учинчи бор муроса кўчасини танлади  0 11:37U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди  0 11:14"Насаф" янги легионери Шала "Андижон" билан ўйинда қатнашиши мумкин  4 10:50"Челси" яна бир футболчисини сотиб юборди  0 10:19Дарвин Нуньеснинг "Ал Ҳилол"даги маоши маълум  1 09:48"Челси" Жексонга нарх белгилади  5 09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  6 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  8 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  4 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  1 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4

Grigoriy Kolosovskiy: "G'alaba qozondik, lekin o'yin sifatidan umuman qoniqmadim" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "G'alaba qozondik, lekin o'yin sifatidan umuman qoniqmadim"

Pro-liganing 1-turi doirasida "Olimpik" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida qatnashdi.


- Qiyin g'alaba. Bu mavsumdagi birinchi o'yin edi. Bunday bosimga boy paytlarda biz intellektual o'yin ko'rsatishimiz kerak edi. Ikki xil taymni ko'rdik. Ularda biz juda ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik. O'yindagi muammolarni, xatolarni ko'rib chiqamiz. Uchrashuvdan oldin raqiblar har bir to'p uchun, maydonning har bir qarichi uchun kurashishini kutgandik. Mavsum startidan oldin bo'lgan matbuot anjumanida aytganimdek, biz bu turnirda faqatgina qog'ozda favoritmiz. Har bir jamoa g'alaba qozonishga, bizni yutishga maydonga tushadi. Shu sababli o'yin biz uchun og'ir o'tdi. Ha, g'alaba qozonib, 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Biroq o'yin sifatidan umuman qoniqmadim. Ishlashda davom etamiz va xatolarni ko'rib chiqamiz. 12 aprel kuni bizda Farg'ona safari kutib turibdi. O'yin katta stadionda bo'ladi va shu sababli bunga jiddiy qarash kerak.

- Keyingi o'yinlar ham shu kabi qiyin o'tishini kutyapsizmi?

- Hozirgi paytda istalgan jamoa alohida o'yinlarda raqiblariga kurash taklif qila oladi. Shu sababli navbatdagi uchrashuvlarda ham qiyinchiliklar bo'lishini kutyapman. Chunki bu erda o'tkinchi o'yinlar yo'q. Jamoalar o'z maydonida bo'ladigan bahslarda ochko uchun qattiq kurashadi. Farg'ona safariga jiddiy tayyorlanish kerak. Farg'ona jamoasi, o'yinda muxlislar ko'p bo'lsa kerak. Lekin ungacha bizda kubok o'yini kutib turibdi. Avvalo bu bahs haqida o'ylaymiz. Farg'onadagi o'yinga juda jiddiy tarzda tayyorlanamiz. Bugungi o'yindagi xatolar, ayniqsa, gollarga olib kelgan standartlardan keyingi xatolar qay tariqa yuzaga kelganini ko'rib chiqamiz.

- Kubokdagi vazifa qanday?

- Rahbariyat tomonidan vazifa qo'yilgan: har bir o'yinda 3 ochko uchun o'ynaymiz. Yosh futbolchilar bilan o'yin bo'lsa ham g'alaba uchun o'ynaymiz. Oldimizdagi o'yinga boshqacharoq kayfiyatda boramiz.

- Bugun "Olimpik" tarkibida ikkita gol urgan Javohir Mubarakov "Lokomotiv" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning bugungi o'yini haqida qanday fikrdasiz?

- Ha, golni "Lokomotiv" tarbiyalanuvchisi urdi. Lekin hozir u bizning jamoada emas. Shu sababli ularni baholash noo'rin. Chunki raqib jamoa bosh murabbiyi bu holatga baho berishi kerak. Lekin nega biz gollar o'tkazib yubordik? Nega o'sha vaziyatlarda himoyachilar o'ynamadi? Nega himoyachilar o'sha vaziyatda raqibni nazoratsiz qoldirdi? Muammolar shunday.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика