Grem Arnold: "SHogirdlarim bilan faxrlanaman. Futbolchilarim aql bovar qilmaydigan ishni bajarishdi"
01 dek 2022 10:45
Yangiliklar
Grem Arnold: "SHogirdlarim bilan faxrlanaman. Futbolchilarim aql bovar qilmaydigan ishni bajarishdi"
Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold JCH-2022da Daniya ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men shogirdlarim bilan faxrlanaman. Turnirga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqtimiz juda oz bo'lganini hisobga olsak, futbolchilarim aql bovar qilmaydigan ishni bajarishdi.
Biz qattiq mehnat qildik va o'zimizga ishondik. Bularning barchasi shunday ajoyib natijaga erishishimizga imkon berdi. Futbolchilarimning ko'zlari yonib turdi, ular bor etiborni maqsadga qaratishgandi. Ajoyib psixologiya ko'rsatdik", – dedi avstraliyaliklar murabbiyi.
Avstraliya terma jamoasi 1/8 finalda Argentina bilan o'ynaydigan bo'ldi. Bahs 4 dekabr kuni 23:59 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
13:29
O'zbekiston Jahon chempionatiga tayyor (Kichik mundial haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar) 3
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar