So’nggi yangiliklar

10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  0 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11

Grem Arnold: "O'zbekiston terma jamoasi menda iliq taassurot qoldirdi" Yangiliklar

Grem Arnold: "O'zbekiston terma jamoasi menda iliq taassurot qoldirdi"

Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Grem Arnold qatnashdi.

"Barchaga rahmat aytaman. Qiyin o'yin bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasiga ham minnatdorchilik bildiraman. Raqib qattiq himoyalandi. Ularni himoyasini yorib o'tish juda qiyin bo'ldi. Lekin shogirdlarim oxirgacha harakat qilishdi va penaltilar seriyasida bo'lsa ham g'alaba qozondik. CHorak finalga chiqqanimizdan xursandmiz. 

Bugungi bahsda bizga oxirgi pas etishmadi. O'z navbatida O'zbekiston ham kuchli o'yin namoyish etdi. Metyu Rayanga alohida rahmat. U ham o'yin paytida, ham penaltilar seriyasida yaxshi harakat qildi. Metyu Leki chaqqon futbolchi. Jarohatidan qutulib maydonga qaytdi. 

O'zbekiston menda iliq taassurot qoldirdi. Individual kuchli futbolchilar juda ko'p ekan. Ayniqsa himoya juda kuchli o'ynadi. CHorak finalni ham shu shaharda o'tkazishimiz yoqmoqda. Bu shaharga moslashib bo'ldik. Faqat o'yindan keyingi tiklanishni amalga oshirsak bo'lgani.  Keyingi bahsda Tom Rogich maydonga tusha olmaydi. Uning sariq kartochkalari ikkita bo'ldi. Uning o'rnini to'ldiradigan futbolchi topamiz. 

Ertadan boshlab raqibni o'rganishni boshlaymiz. Katta ehtimol bilan bu BAA bo'ladi. Osiyo Kubogida jamoam yaxshi o'ynamoqda. Bugungi o'yin penaltilar seriyasida ham kuchli ekanligimizni ko'rsatdi. Biz mashg'ulotlar vaqtida penaltilar ustida alohida ishlagandik. Darvozabonlar to'p qaytarish, futbolchilar zarba berish ustida", - deydi Grem Arnold. 



Reyting: -53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика