Greciya futbol federaciyasi Allegriga taklif bilan chiqdi
11 mar 2014 09:16
Yangiliklar


Greciya futbol federaciyasi Allegriga taklif bilan chiqdi
Milan jamoasining sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri JCH-2014 bahslaridan so'ng Greciya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Greciyaliklarning xozirgi murabbiyi Fernando Santush jaxon chempionatidan so'ng terma jamoani tark etishini malum qildi.
Greciya futbol federaciyasi esa ushbu lavozimga Allegrini taklif qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 46 yoshli murabbiy yanvar oyida Milan jamoasi raxbariyati tomonidan istefoga chiqarilgan edi. Allegri shuningdek, Italiya terma jamoasi murabbiyligiga xam asosiy nomzodlardan biri sanaladi.
Fikrlar