So’nggi yangiliklar

13:33Рустам Ашурматов жароҳат олди ва Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  0 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  0 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  4 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  2 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  1 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  66 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2

Grand jamoalar murabbiylari qaysi taktikadan foydalanishmoqda? Yangiliklar

Grand jamoalar murabbiylari qaysi taktikadan foydalanishmoqda?

Kuchli-beshlikdagi grand jamoalar o'ynayotgan taktik sxemalar haqida malumot beramiz.
Yangi mavsum oldidan ko'plab transferlarni amalga oshirgan va jamoani deyarli butunlay yangilagan “Milan” bosh murabbiyi Vinchenco Montella hozirga qadar 6 xil taktik sxemadan foydalandi. Taktik sxemalarni almashayotgani bu jamoa rang-barang o'ynayotganidan dalolat emas, balki "Milan" o'z yo'nalishini aniq belgilay olmayotganidan darak.



"Manchester Siti" esa hozirga qadar 4 xil taktik uslubdan foydalanib ko'rdi. Gvardiola "Siti"da asosan 4-3-3 va 3-5-2 taktik sxemani qo'llamoqda. Gvardiola sxemani ko'p bor almashtirayotgani sababi futbolchilar tanlovi kengligi va jamoa rang-barang o'ynay oladi. Masalan asosiy tarkibda ikki hujumchi Aguero va Jesus tushgan payt Gvardiola uchta himoyachidan foydalanadi. Qanotlarda esa vingerlar loteral sifatida harakatlanishadi. Ispaniyalik mutaxassis bitta markaziy hujumchini tushirishni istasa, unda hujumkor vingerlar xizmatidan foydalanadi va bunda 4-3-3 taktik sxemasini qo'llaydi.Taktik qarashlari keng va bu borada ko'p qirrali taktik mutaxassis sanalgan Massimiliano Allegri joriy mavsumda "Yuve"da hozircha faqat bir uslubdan foydalanmoqda. Jamoa mavsum boshlanganidan buyon faqatgina 4-2-3-1 taktikasida o'ynamoqda. Avvalgi mavsumlarda eng ko'p taktik o'zgarishlarni amalga oshirgan murabbiy bu yili bir xil uslubni qo'llamoqda.



"Barselona" va "Real" jamoalarida esa Valverde va Zidan 4-3-3 taktik sxemasida sodiq qolishmoqda.


"Bavariya" ham joriy mavsumda faqat o'sha mashhur 4-2-3-1 sxemadan foydalanmoqda. 2013 yilgi benefisda ham jamoa aynan shu uslubda o'ynagandi. Gvardioladan keyin Anchelotti kelgach myunxenliklar yana ushbu taktik sxemaga qaytgandi. Yupp ham o'zining mashhur uslubidan voz kechgani yo'q.


Unai Emeri PSJni 4-3-3 taktik sxemasida o'ynatib kelmoqda. Tarkibida Mbappe, Kavani va Neymar bo'lgan jamoa uch nafar hujumchi bilan o'ynashi tabiiy holat.

Eng ko'p foydalanilayotgan taktik sxemalarga nazar soladigan bo'lsak, murabbiylar asosan 4-2-3-1, 4-3-3 taktik sxemalariga murojaat qilishmoqda.  APL grandlari esa aksariyat uchrashuvlarda 3-4-1-2, 3-4-2-1 taktikasiga tayanishmoqda.

So'nggi yillarda eskirib borayotgan va juda kam foydalinayotgan klassik 4-4-2 taktik sxemasidan faqatgina Diego Simeone, Ralf Xazzenxyuttl hamda Jardim foydalanib kelmoqda.


Joriy mavsumda jamoalar qo'llayotgan taktik sxema:


"Manchester Siti": (4-3-3), (4-2-3-1), (3-4-3), (3-5-2) 

"Manchester Yunayted": (4-2-3-1), (3-4-1-2), (3-5-1-1)

"CHelsi": (3-4-1-2), (3-4-2-1), (3-4-3)

"Arsenal": (3-4-2-1)

"Liverpul": (4-3-3)

"Tottenxem": (3-4-2-1), (4-2-3-1)

"Real": (4-3-3)

"Barselona": (4-3-3)

"Atletiko": (4-4-2), (4-1-3-2)

"Bavariya": (4-2-3-1)

"Borussiya": (4-1-2-3), (4-3-3)

"Leypcig”: (4-2-2-2), (4-4-2)

"Yuventus": (4-2-3-1)

"Napoli": (4-1-2-3), (4-3-3)

"Inter”: (4-2-3-1)

"Milan": (3-4-2-1), (3-4-1-2),(3-5-2),(3-5-1-1),(4-3-3), (3-2-3-2)

"Lacio": (3-5-2), (3-5-1-1), (3-4-2-1)

"Roma”: (4-3-3)

"Monako": (4-2-3-1), (4-4-2)

PSJ: (4-3-3)

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика