So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  5 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  10 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  10 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

Grafik og'ir, ammo boshqa variant yo'q: A Seriya 6-tur prevyusi Yangiliklar

Grafik og'ir, ammo boshqa variant yo'q: A Seriya 6-tur prevyusi

Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Napoli" - "Speciya"

ECHLdagi muvaffaqiyatdan keyin Luchano Spalletti rotaciyaga qo'l urishi deyarli aniq. Hujumchi Viktor Osimxen mushaklaridagi muammo sabab o'yinni o'tkazib yuboradi va bu Simeonega imkoniyat tug'ilishidan darak beradi. SHuningdek, Lozanoning safga qaytishi, Ndombele Lobotkaning o'rnini egallashi kutilmoqda. 

"Speciya" haqida gapiradigan bo'lsak, jarohatlar va boshqa turli sabablar bilan yo'qotishlar, Ampaduni himoya markaziga qaytarishni talab qilmoqda. Hujumda esa Gotti Gyassi-Nzola juftligiga ishonch bildiradi. 

O'tgan safar "Napoli" 3-0 hisobida ishonchli g'alabani tantana qilgandi. Bu safar ham ko'pchilik neapolliklar imkoniyatini yuqoriroq baholamoqda. Jamoalar darajasidagi farq sezilarli. Qo'shimchasiga, "ketmoni uchayotgan" "Napoli" ajoyib kayfiyatdaligini unutmaslik zarur.


"Sampdoriya" - "Milan"

Uinks hali jamoaga yordam bera olmasa kerak. Sababi Angliyadan kelgan yarim himoyachi jarohatdan to'liq forig' bo'lmadi. Mezbonlarning boshqa bir futbolchisi Rinkon maydonga tushishga tayyor. Oldingi chiziqda esa Jurichich, Gabbyadini, Kvalyarella va Kaputo kvartetini ko'rishimiz mumkin. Buning uchun Jampaolo biroz tavakkal qilishdan qo'rqmasligi talab qilinadi. ECHL bahsidan keyin Pioli bazi o'yinchilarga dam berishga majbur bo'ladi. Ker va Pobega asosiy tarkibga kiritilishi kutilmoqda. Kim biladi deysiz, balki Adlini ham ilk soniyalardan ko'rarmiz. Bundan tashqari, Braim Dias De Kattelarening o'rnini egallaydi.

O'zaro uchrashuvlarning oxirgisida "Milan" minimal hisobda 1-0 zafar quchgan. "Rossoneri" bu safar safarda o'ynasa ham yaqqol favorit hisoblanmoqda. SHunday bo'lsada, biz "Milan"ga oson bo'lmaydi deb o'ylaymiz. Jamoa evrokuboklardan keyin A Seriyaga qaytishi bazan qiyin bo'ladi.


"Yuventus" - "Salernitana"

"Yuventus" jarohatlar bilan kurashishda davom etadi. Di Mariyaning bu bahsda jamoadoshlariga yordam bera olishi ham aniq emas. Allegri argentinalik futbolchisini ayasa kerak deb hisoblaymiz. SHunday bo'lsa, "keksa sinora" 3-5-2 sxemasida maydonga tushadi va Vlaxovich hamda Milik hujum juftligini tashkil qilishadi. Himoya markazida esa — Gotti. 

"Salernitana" muxlislari uchun tizzasidan jarohat olgan Boxinenning yo'qotilishi noxush xabar bo'ldi deya olamiz. Matteo Lovato hali ham lazaretda. Bundan kelib chiqadiki, Nikola avvalgi bahsda maydonda harakat qilganlarga ishonch bildiradi.

Avvalgi bahsda Turinda "Yuventus" "Salernitana"ni 2-0 hisobida enggan. Muammolari etarli bo'lsa ham "Yuventus" imkoniyatlari ancha baland baholanmoqda. Titul uchun kurashayotgan jamoaning bunday bahslarda ochko yo'qotishga haqqi yo'q.


"Lacio" - "Verona"

"Feyenoord"ga qarshi bahsdan keyin Sarri jamoasining kayfiyati alo darajadaligiga shubha yo'q. Kataldining jarohati tufayli Markos Antonioni asosiy tarkibda ko'rsak ajab emas, Vesino ham o'yinni ilk daqiqalardan boshlaydigan bo'lsa, Luis Alberto zaxira o'rindig'idan joy olishiga to'g'ri keladi. Pedroning jarohati sababli Cakanya va Felipe Andersonga muqobil o'rinbosar yo'q. 

Pikkolining maydonga tushishi so'roq ostida. Umuman olganda "mastiflar"da avvalgi uchrashuv bilan solishtirsak, katta o'zgarishlar bo'lmasa kerak. Balki Ilich o'rniga Tamezni ko'rarmiz. Hujumda esa yana Lazanya-Anri duetini ko'rishingiz mumkin. 

Jamoalarning avvalgi to'qnashuvi o'tgan mavsumning oxirgi turiga to'g'ri kelgan. O'shanda jamoalar 3-3 hisobidagi durangni qayd etishgan. Biroq hozir "Lacio" jismoniy holatidan kelib chiqib, bu juftlik favoriti deb sanalmoqda. Qo'shimchasiga "burgutlar" o'tgan turdagi omadsizlik uchun ham bu safar uch ochko ishlashga harakat qilishlari aniq. Nima bo'lganda ham "Verona"ga oson bo'lmasligi aniq.


"Inter" - "Torino"

Romelu Lukaku jarohatidan forig' bo'lib ulgurmadi. SHu sababli hujumda Lautaro va Jeko juftligini ko'ramiz. Qanotlarga esa Dimarko va Darmian joylashsa kerak, chunki Gosens va Dumfris CHempionlar Ligasida ancha ter to'kishdi. Darvozaga esa Samir Xandanovich qaytadi. 



"Buqalar" safida Sinogo ham o'yinda ishtirok eta olishi aytilmoqda. Maydon markazida Linetti-Lukich, hujumda esa Vlashich Sanbriyaga yordamlashadi.

Turinda o'tgan oxirgi to'qnashuvda, ushbu klublar durang qayd etishgan. "Inter" bu shaharda doim qiynaladi. Bu safar ham qog'ozda "neradzurri" favorit, lekin amalda qanday bo'lishini vaqt ko'rsatadi.


Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика