So’nggi yangiliklar

19:26Моуринью: "Педри менда "Барселона"дан кўра кўпроқ таассурот қолдирди"  1 18:54ОЧЛ-2. "Насаф" - "Кувайт СК" (матнли трансляция)  16 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  2 18:30Азимжон Аҳмедов: "Андижон" билан ўзгача ҳисоб-китобимиз бор"  10 17:42Умарали Раҳмоналиев: "АПЛда ўйнашни хоҳлардим"  10 17:14Ўзимизнинг карикатура: Ақлдан озаётган Пеп  7 16:47Қаршида бугун ОЧЛ-2 ўйини бор. Стадиондан "қайноқ" суратлар  2 16:14"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди"  20 15:45 Рустам Турдимуродов: "Навбаҳор" бизга қарши финал алами билан майдонга чиқади"  15 15:12"Бу ўйинни ўзимиз бериб юбордик"  7 14:50Сервер Жепаров Суперлиганинг энг кучли 5 мураббийи ва 5 футболчиси номини айтди  8 14:20"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0 13:52"Бавария" "Барселона"дан учралган 1:4 дан кейин кетма-кет 7та ўйинда гол ўтказмай ғалаба қозонди  2 13:21Гвардиола: "Ўзимга зиён етказишни хоҳладим"  17 12:50Левандовски: "Ўзим ҳам ишонмагандим"  5

Go'sht emaydigan dunyoning 5 futbol yulduzi Yangiliklar

Go'sht emaydigan dunyoning 5 futbol yulduzi

Har bir inson yashashi va ovqatlanishi uchun ishlaydi.

Sportchilar har doim yuqori yuklamalarni o'ziga qabul qiladi va shu boisdan ular ovqatlanish kompleksiga to'g'ri rioya qilishlari kerak. Mana shu boisdan dunyoning deyarli barcha klublarida dietologlar va oshpazlar ish olib borishadi.

Undan tashqari, har bir inson o'z shaxsiyatiga ega va ular o'z hayotini o'zidan kelib chiqqan holda yaratadi. Futbolchilar ham inson. Ularda ham oddiy insonlar kabi vegetarianlari bo'ladi. Mana asosiy 5 misol:

FABIAN DELF - "Manchester Siti", 28 yosh. Yarim himoyachi

Markaziy yarim himoyachi "Manchester Siti"ning o'tgan mavsumdagi yutuqlarida asosiy rollardan birini o'ynadi. Jamoaning chap qanotida muammolar paydo bo'lganidan so'ng u o'zi uchun noqulay poziciyada ancha vaqt faoliyat olib bordi. Biroq natijalar yomon emas. 22 o'yinda 1 gol va 2 assistentlik.

Undan tashqari Delf nafaqat "Siti", balki Angliya termasida ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. JCHda u termasi tarkibida 4 o'yinda qatnashdi.

U o'z yutuqlarining asosiy omili sifatida go'shtli ovqatlardan voz kechganini takidlaydi. Fabian vegetarianlikka 2017 yilning yakunlarida o'tgan va bundan umuman afsuslanmaydi.

"Yangicha turmush tarzim yanada yuksakroqqa chiqishimga va muvaffaqiyatlarga erishishimni taminlaydi. Bu qarorim meni har tomonlama kuchli qildi", - dedi Delf.

JERMEYN DEFO - "Bornmut", 36 yosh. Hujumchi

"Qariya" Defo APLda eng ko'p gol urgan futbolchilar reytingida 7-o'rinni egallab turibdi. U ushbu turnirda 500dan oshiq o'yinlarda qatnashgan. Milliy terma libosida esa 100ga yaqin bahslarda maydonga tushgan.

Hozirda 36 yoshli futbolchi "Bornmut" tarkibida o'ynamoqda. U jamoada 24 o'yinda qatnashdi va 4 gol urdi. Bu mavsumda u har doim ham maydonda ko'rinish bermayapti (3 o'yinda qatnashdi). Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan.

Uzoq yillik faoliyati davomida Defo top-darajasini ushlab tura oldi. Jermeyn vegetarianlikka ushbu yilning boshida o'tdi. Go'sht emaslik orqali u APLda yanada jangovorroq o'ynashiga, murabbiylar talab qilgandek bo'lishiga, shartnomasi yakunlangunicha "Bornmut"da qolishiga va ortiqcha vazn to'plamasligiga ishonadi.

"Barcha futbolchilar o'z tempini saqlab qolishga intiladi. Ishoning, maydonda oyoqlaringiz o'zidan o'zi harakatlanishidan ortiqroq yaxshi hissiyot yo'q. Krioterapiya, massaj seanslarini o'tkazib yubormaslikka harakat qilaman, shuningdek, ovqatlanishimga ham alohida etibor beraman. Oyimnikiga mehmonga borsam, dasturxon har doim go'shtli maxsulotlarga to'la bo'ladi. Biroq men o'zimni bundan tiya olaman", - dedi Defo.

EKTOR BELERIN - "Arsenal", 23 yosh. Himoyachi

Dunyo futboli tarixidagi eng yaxshi transferlardan biri bo'lgan Ektor Belerin go'sht maxsulotlarini emaydi.

Ektor bunga o'tganiga unchalik ko'p vaqt bo'lmadi. Bu qarorga kelishga asosiy sabab - tanasida ortiqcha vaznning kelib chiqishi. Belerin vegetarianlikka o'tganidan keyin o'zini yanada erkinroq his qila boshladi va go'shtli mahsulotlarni eyish fikridan qaytdi.

"Odam qanchalik yoshi kattalashib borsa, shunchalik ko'p ovqat er ekan. Yakunda men shuni tushundim, go'sht eyiishdan voz kechish kerak. Men vegetarianlar haqida ko'p o'qidim va hatto har doim o'simlik mahsulotlarini tanovul qiladigan Devid Xey bilan suhbatlashdim. Dastlabki asosiy maqsadim - uch hafta davomida go'shtli mahsulotlar emaslik bo'ldi. SHundan keyin o'zimni yaxshiroq his qildim va boshqa go'sht emaslikka qaror qildim. Mushaklarim yanada tezroq tiklanishni boshladi. Jarohatlar ham kamroq bezovta qildi", - dedi Belerin.

SERXIO AGUERO - "Manchester Siti", 30 yosh. Hujumchi

Zamonamizning eng yaxshi forvardlaridan biri Serxio Aguero 2015 yilda ilk marta vegetarianlikka murojaat qilgan. O'sha vaqtda u o'zining navbatdagi jarohatini davolash uchun Italiyaga borgandi. O'shanda shifokorlar unga jarohatdan tuzalish biroz texlashishi uchun hech bo'lmasa bir qancha vaqt go'shtli mahsulotlarni eyishdan tiyib turishni maslahat bergandi.

O'tgan mavsumda Aguero tizzasidan jarohat olganidan keyin yana bir marta vegetarianlikka murojaat qildi. Jahon chempionati arafasida esa go'shtli mahsulotlardan umuman voz kechdi.

Futbol bashoratchilari Aguero mundialda qatnashmasligini aytishgandi. Biroq futbolchi bu fikrlarga qarama-qarshi ravishda mundialning to'rt o'yinida qatnashdi va 2ta gol urdi.

LEO MESSI - "Barselona", 31 yosh. Hujumchi

"Oltin to'p"ning 5 karra g'olibiga ortiqcha tarif kerak emas. Bunday maqolalarda jurnalistlar Messi haqida ko'p ham gapirishmaydi, chunki u qanday insonligini barcha biladi.

Ammo hamma ham Messining nima uchun yuqori texnikaga ega ekanligini, garchi raqib himoyachilari qo'pol o'ynashsa-da, juda kam jarohat olishi haqida o'ylashmaydi. Messining o'zi buning asosiy sababi sifatida vegetarianlikni keltiradi.

Messi 2014 yil mashhur dietolog Juliano Pozerga murojaat bilan chiqadi. Bu odam bunga qadar Messining tezkorlik sifatlariga jiddiy to'sqinlik qilayotgan ortiqcha 3 kilogrammni bir necha oy davomida yo'qotishda yordam bergandi. Futbolchining sport hayotidagi eng asosiy qarori - picca eyishdan voz kechgani bo'ldi, bunga Pozer maslahat bergandi. Leo asosan yog', donli mahsulotlar, mevalar va sabzavotlar istemoliga katta etibor beradi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика