Gonkong bosh murabbiyi: "Vaziyatga real qarash lozim, bunday terma jamoalarga gol urish qiyin"
21 mar 2024 11:50
Yangiliklar
Gonkong bosh murabbiyi: "Vaziyatga real qarash lozim, bunday terma jamoalarga gol urish qiyin"
"Bizga texnik direktor bo'lib kelgan, 10 yil davomida Angliya Premer-ligasi klubi akademiyasini ("Brayton") boshqargan Jon Morling bilan uchrashdim. U katta tajribaga ega. Ikkita o'yinda u bilan birga ishladim va ko'p muloqot qildik, Morling ajoyib inson.
O'zbekistonga qarshi bahsda muxlislar bizning 12 futbolchimiz bo'lishadi, chunki "Mong Kok" stadionida (6664 muxlisga mo'ljallangan) bo'ladigan bahs uchun chiptalar sanoqli soatlarda sotilib ketdi.
O'zbekistondek Osiyoning yirik jamoasiga qarshi raqobatlashishning yagona yo'li - Osiyo Kubogidagi kabi yuqori darajada o'ynash. Biz bor kuchimizni sarfladik, ko'p yugurdik va doimo kurashlarga kirdik.
Vaziyatga real qarash lozim, bunday terma jamoalarga gol urish qiyin. Gonkong chempionatida ko'p gol uradigan futbolchilarimiz bor, ammo bu daraja ancha qiyinroq.
Agar biz bir, ikki yoki uchta vaziyat yaratsak va omad bizga kulib boqsa, ulardan biri gol bilan yakunlanishi mumkin" - dedi Gonkong bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar