Gomes kecha "Sevilya" libosidagi ilk golini urdi Yangiliklar

Gomes kecha "Sevilya" libosidagi ilk golini urdi

"Sevilya" yarim himoyachisi Papu Gomes La Liga doirasidagi "Xetafe" (3:0)ga qarshi o'yinda gol urdi.

32 yoshli argentinalik futbolchi yanvarda "Atalanta"dan o'tgan edi va bu uning ispan klubi libosidagi ilk goli bo'ldi.

Alexandro 57-daqiqada maydonga tushdi va 87-daqiqada hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi.

Eslatib o'tamiz, Papu "Sevilya" va "Atalanta"dan tashqari "Metallist", "Kataniya", "San-Lorenso" va "Arsenal" (Sarandi) jamoalari sharafini himoya qilgan.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика