Gleb: "O'ylaymanki, "Barselona"da o'tish davri yana 2 yil davom etadi"
05 okt 2021 19:34
Yangiliklar
Gleb: "O'ylaymanki, "Barselona"da o'tish davri yana 2 yil davom etadi"
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Kataloniya klubidagi holat haqida to'xtalib o'tdi.
"Ayni paytda avlodlar almashinuvi ro'y bermoqda. Hozir hatto Messi ham hech narsa qilolmasdi. Ilgari "Barsa"da iqtidorli hamda tajribali futbolchilar jamlanishgandi. Hamisha etakchilar bo'lgan. Hozir ularning deyarli barchasi faoliyatini tugatdi yoki boshqa klublarga ketdi. Messi qolgandi, biroq u jamoani ortidan ergashtira olmay qoldi. Barchasi "Barselona"ning transfer siyosatiga bog'liq. O'ylaymanki, o'tish davri yana 2 yil davom etadi", – dedi Gleb.
"Barselona" ushbu mavsumni juda omadsiz boshladi. Jamoa La Ligada 9-o'rinda boryapti, CHempionlar ligasida esa "Bavariya" (0:3) hamda "Benfika" (0:3)ga yirik hisobda yutqazib, oxirgi o'ringa joylashgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar