So’nggi yangiliklar

20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  74 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  1 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  2 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  13 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  18 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  6 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  1 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  10 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  72

Giorgos Donis: "Nosir Al SHamroni Toshkentga kelgan" Yangiliklar

Giorgos Donis: "Nosir Al SHamroni Toshkentga kelgan"

OCHL 5-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Hilol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Giorgos Donis qatnashdi.
Unga jamoaning 17-raqamli futbolchi Abdulloh Al Hafiz hamrohlik qildi.

"Mehmondorchilik uchun rahmat. OCHLdagi har bir o'yin muhim hisoblanadi. O'tgan yil jamoa musobaqaning finaliga qadar etib borgandi. Bu yil ham kamida finalga chiqishga intilamiz. 2 oy oldin "Lokomotiv" u qadar yaxshi sport formasida emas edi. Ayni paytda esa jamoa kuchaygan va bizga qarshi jiddiy tayyorlanganini bilamiz", - deydi Donis.

"Lokomotiv" jamoasini hurmat qilamiz. O'tgan o'yinlardan kelib chiqqan holda ertaga murakkab bahs bo'lishini kutayapmiz. Toshkentdan uch ochko olib ketishga harakat qilamiz", - deydi Al Hafiz.

- Jamoa tarkibida jarohatlangan va diskvalifikaciya qilingan futbolchilar bormi?
- Albatta muammolarimiz bor. Ammo barchasi mashg'ulotlar vaqtida malum bo'ladi. 19 kun ichida 6ta o'yin o'tkazdik. Jamoa ham ruhan, ham jismonan charchagan.

- Nosir Al SHamroni Toshkentga kelganmi va ertaga maydonga tushadimi?
- Al SHamroni O'zbekistonga keldi. Uning maydonga tushish tushmaslik taqdiri malum emas. Bugun kechgacha OFKdan javob keladi, agar unga ruhsat berishsa ertaga maydonga tushishi mumkin.

- SHamroni bir nechta o'yinga diskvalifikaciya qilingan edi. "Fulad"ga qarshi o'ynadi, endi esa uning ishi yana ko'rib chiqilmoqda. Bunga sabab nima?

- To'g'ri uning vaziyati ancha murakkab. Unga "Fulad"ga qarshi o'yinda ishtirok etishga ruhsat berishgandi. "Lokomotiv"ga qarshi bahs uchun ham ruhsat berishlarini so'radik, uning o'zi ham maydonga tushmoqchi.

- O'tgan yil siz Evropa chempionlar ligasida ishladingiz. Guruh bosqichida "Barselona", PSJ va "Ayaks" kabi klublarga qarshi jamoaingizni boshlab tushdingiz. OCHL va ECHLning farqi qanchalik?

- Ikki qitaning eng nufuzli musobaqasida ishladim. Ularni taqqoslash qiyin. Evropaning ustun tomoni stadionlar va yaratilgan sharoitlar. U erda dunyoning eng kuchli futbolchilari ishtirok etadi. Osiyoda ham kuchli o'yinlar bo'lib o'tmoqda. Bu erda o'ynayotganlar o'z o'yinlari orqali Evropaga yo'l olishni istashadi.

- "Lokomotiv" safida qaysi futbolchidan xavf kutayapsiz?

Al Hafiz: - Raqib safida barcha futbolchini kuchli deb bilaman. Bitta yoki ikkita futbolchini alohida ayta olmayman. Lekin tarkibda kuchli ijrochilar etarli.


Narzulla Saydullaev



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика