Giorgi Nikabadze: "Nasaf"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilamiz. "Neftchi"ni faqat g'alaba qoniqtiradi"
06 okt 2023 15:33
Yangiliklar
Giorgi Nikabadze: "Nasaf"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilamiz. "Neftchi"ni faqat g'alaba qoniqtiradi"
"Neftchi" jamoasi esa mavsum yakuniga qadar ana shu raqamni o'zgartirish niyatida emas. Biroz oldin Qarshiga etib kelgan farg'onaliklar ertaga "Nasaf" bilan to'qnash kelishadi. Bu o'yin oldidan mehmonlarning gruziyalik legioneri, o'tgan turda "Buxoro" posbonini ikki marotaba ranjitgan Giorgi Nikabadze fikrlari bilan bo'lishdi.
|
Nasaf Jambuli Jigauri - 38', Andres CHaves - 90' |
Superliga. 21-tur 07/10/2023, 18:30 0
:
2
Tugadi
|
Neftchi |
— "Nasaf" bilan o'yinga odatdagidek tayyorlandik. Raqibning o'ziga yarasha kuchli tomonlari bor. SHunga yarasha kuchsiz jihatlarini ham bilamiz. "Neftchi"ni Qarshida g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi. SHu kuni bizning yutishimizni intiq bo'lib kutayotgan ajoyib suyuklilarimiz bor.
— Ha, "Neftchi"ga ikkinchi davrada kelib qo'shildim. Boshida juda qiyin edi. CHunki havo harorati juda issiq bo'ldi. Hozir esa o'zimni yaxshi his qilyapman. O'zbekiston umuman Markaziy Osiyo men uchun qiziq tuyuldi. Agentlarim bilan maslahatlashgan holda qaror qabul qildim. Superliga o'zgacha va qiziqarli chempionat.

— Jamoada barcha bir-biriga do'stona munosabatda. Bachana Arabuli va boshqa futbolchilar bilan aloqalarimiz juda yaxshi. Bo'sh vaqtimizni birga o'tkazamiz. SHuning uchun bo'lsa kerak natijalarimiz ijobiy.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar