Gilerme Gedesh: "G'alaba tug'ilgan kunimga kutilmagan sovg'a bo'ldi"
18 may 23:32
Yangiliklar
Gilerme Gedesh: "G'alaba tug'ilgan kunimga kutilmagan sovg'a bo'ldi"
- Tug'ilgan kuningiz bilan tabriklayman! Ushbu kun siz uchun qanday o'tdi?
- Tug'ilgan kunim bilan tabriklaganingiz uchun rahmat. Juda xursandman. G'alaba men uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi.
Odatda, futbolchilar hayotida biz bunday unutilmas lahzalarni uydan uzoqda o'tkazamiz, lekin jamoa bizning ikkinchi oilamiz hisoblanadi. Futbol hadya etgan bu oila bilan birga ekanligimdan juda xursandman, ayniqsa syurpriz singari kelgan mazkur g'alaba meni yanada mamnun etdi.
- "Navbahor"ga moslashish jarayoni qiyin bo'lmadimi?
- Mavsumning dastlabki qismida til bilan bog'liq muammolar tufayli biroz qiyinchilik bo'ldi, chunki bu erda til o'rganish oson emas. Bu erda bazan ruscha so'zlashishadi, lekin boshidanoq jamoa tomonidan qo'llab-quvvatlandim, shuning uchun bu jarayon yaxshi moslasha olishimga yordam berdi.
- Siz ko'p yillar davomida Braziliyaning turli ligalarida to'p tepgansiz. O'zbekiston Superligasini solishtirganda, qanday farq va o'xshashliklar mavjud?
- Braziliyada texnik mahorat juda yuqori darajada, lekin bu erdagi vaziyat ham o'xshash. Bu erda ham chempionat juda kuchli. Men bu chempionatning Braziliyadagiga o'xshash ekanligiga ishonaman.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar