Giggz MYUga Mbappe va Jezus mashxur bo'lishidan ancha oldin ularni sotib olishni taklif qilgan
22 dek 2017 20:59
Yangiliklar
Giggz MYUga Mbappe va Jezus mashxur bo'lishidan ancha oldin ularni sotib olishni taklif qilgan
"Manchester Yunayted" sobiq murabbiyi Rayan Giggz klubga Gabriel Jezus va Kilian Mbappeni ular mashxur bo'lib ulgurmaslaridan oldin taklif qilganini aytib o'tdi.
"Men Gabriel Jezusning o'yinlarini 3 yil oldin kuzatishni boshlaganman. Mbappeni esa to'liq bir yil kuzatib bordim. Biz ularning o'yinlariga skautlar bilan birga yondoshdik.
SHunchaki, ularni olish kerak degan fikr paydo bo'lgan. Bu transferlar taxminan 5 million funtga tushgan bo'lardi yoki keyinchalik ortga ijara asosida qaytarib yuborish mumkin edi", - dedi Giggz "The Times"ga bergan intervyusida.
Jezus 2017 yilning yanvarida "Palmeyras"dan "Manchester Siti"ga o'tdi. Joriy mavsum u Premer-ligada 16 o'yinda maydonga tushdi va 8ta gol urib, 3ta golli pas oshirdi.
Mbappe 2017 yozida "Monako"dan PSJga o'tdi. Joriy mavsum u chempionatda 14ta o'yin o'tkazdi va 8ta gol urib, 8ta golli pas oshirdi.
Fikrlar