So’nggi yangiliklar

18:24"Нефтчи" Қўқонда қийин ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 18:06"Бунёдкор" стадионида тахминан 2 ой футбол ўйнаб бўлмайди  0 17:53Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Таркиблар эълон қилинди  0 17:39Суперлига. "Шўртан" "Бунёдкор"ни Тошкентда ютмаган  0 17:15"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди  2 16:52"Одатда майдон ўзига келиши учун 6-8 ҳафта керак бўлади. Билим бўлмаса, бир зумда майдонни "ўлдириб қўйиш" мумкин" — агроном  6 16:32Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро". Превью  2 16:16Концертдан кейинги "Бунёдкор"  16 16:04Суперлига. 18-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6 15:50Арда Гюлер Женнифер Лопезнинг концертига ташриф буюрди, Антуан Гризманн касбини ўзгартиради. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  8 15:30Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Превью  2 15:07"Қизилқум" собиқ футболчиси Сербия клубига қайтди  0 14:40"Челси" асосий ҳимоячиси машғулот вақтида жароҳат орттириб олди  4 14:12Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди  1 13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0

Gennadiy Kochnev: “Yakunlovchi futbolchiga muhtojmiz” Yangiliklar

Gennadiy Kochnev: “Yakunlovchi futbolchiga muhtojmiz”

Oliy liganing 19-turidan o'rin olgan “SHo'rtan” – “Metallurg” (0:1) uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matubot anjumaning ikiinchi qismida “SHo'rtan” jamoasi bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi, murabbiy – Gennadiy Kochnev ishtirok etib, uchrashuv haqida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
– O'zingiz ko'rib turganingiz natija salbiy. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz chiqmadi.Ikkinchi bo'limda yigitlar yaxshi o'ynashdi. Ammo imkoniyatlarimizni samarali yakunlay olmadik. Aybdorlarni izlash noo'rin. Agarda biz jismoniy tomondan muammolarga ega bo'lganimizda o'yin yakuniga fadar bunaqa hujumlar uyushtirmasdik. Bizga shunchaki, yakunlovchi qism etishmayapti, aniqrog'i yakunlovchi futbolchiga muhtojmiz.

- Yoshlarimizga imkoniyat berayapmiz. Hushbakovni jamoamiz o'yiniga biroz bo'lsada toza havo olib kirish, jamoamiz o'yinini tezlashtirish maqsadida maydonga tushirgandik. Afsuski, ushbu futbolchi unga bildirilayotgan ishonchni oqlay bilmayapti. Abbos Amonovning esa jiddiy jarohati bor. Kechagi yoshlar ligasi doirasida kechgan baxsda o'yini bilan ajralib chiqqani uchun, bugun Bo'rievni ham maydonga tushirdik. SHu sabali, Safarov va Ergashev zahirada qolib ketdi.

- Endi, 31 avgustga qadar G'uzordagi qarorgohimizda mashg'ulotlarni davom ettiramiz. So'ngra bayram munosabati bilan jamoga 2 kunlik qisqa tanaffus elon qilinadi. 3 sentyabrdan esa yana o'z qarorgohimizda yig'ilishni rejalashtirganmiz.
Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика