So’nggi yangiliklar

20:15Хойлунд "Манчестер Юнайтед"дан кетишга шошилмаяпти  0 20:05Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон" 1:1 (матнли трансляция)  5 20:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро" 1:0 (матнли трансляция)  0 19:43Эксперт фикри. Расул Раҳмонов: "Андижон"да ўзига бўлган ишонч уйғонмоқда"  0 19:22"Бунёдкор" стадиони CAFA мусобақаси мезбони бўлиб қоладими?   5 18:37"Андижон" Қаршида "Насаф" билан дуранг қайд этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 18:24"Нефтчи" Қўқонда қийин ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 18:06"Бунёдкор" стадионида тахминан 2 ой футбол ўйнаб бўлмайди  6 17:39Суперлига. "Шўртан" "Бунёдкор"ни Тошкентда ютмаган  0 17:15"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди  2 16:52"Одатда майдон ўзига келиши учун 6-8 ҳафта керак бўлади. Билим бўлмаса, бир зумда майдонни "ўлдириб қўйиш" мумкин" — агроном  7 16:32Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро". Превью  2 16:16Концертдан кейинги "Бунёдкор"  19 16:04Суперлига. 18-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6 15:50Арда Гюлер Женнифер Лопезнинг концертига ташриф буюрди, Антуан Гризманн касбини ўзгартиради. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  8

"Odatda maydon o'ziga kelishi uchun 6-8 hafta kerak bo'ladi. Bilim bo'lmasa, bir zumda maydonni "o'ldirib qo'yish" mumkin" - agronom Yangiliklar

"Odatda maydon o'ziga kelishi uchun 6-8 hafta kerak bo'ladi. Bilim bo'lmasa, bir zumda maydonni "o'ldirib qo'yish" mumkin" - agronom

Kuni kecha mashhur xonanda Jennifer Lopes "Bunyodkor" stadionida koncert berdi.

Saytimiz vakili "Al Hilol" klubining ko'p tarmoqli "Kingdom Arena" stadioni (Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev jangi shu erda o'tkazilgan) agronomi Styuart MakCHeyn bilan shu masalada suhbat uyushtirdi.

- Salom, Styuart, ahvolingiz qalay? 

- Salom, men yaxshiman. Siz-chi, yaxshimisiz?

- Ha, yaxshiman.

- Men ham yaxshiman.

- Xullas, masala shundaki, mashhur qo'shiqchi Jennifer Lopes Toshkentda koncert berdi. Bu O'zbekistonga ilk bor kelgan mashhur sanatkordir. Koncert “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tdi. Bu O'zbekistonning milliy terma jamoasi uy uchrashuvlarini qabul qiladigan asosiy stadion. Birinchi savol shuki, stadionda koncert o'tkazish qanchalik xavfli? Chunki “Bunyodkor” stadioni 2012 yilda, yani 13 yil oldin qurilgan edi. U maydon sifati bilan bog'liq bo'lgan muammolari bilan mashhur bo'lgan. Bu erda o'ynagan jamoalar va futbolchilar ko'p marta maydonning yomonligini aytishgan. Nega bunday ekanini bilmayman. Ikki yil oldin, 2023 yilning qishida, yangi gibrid maydon o'rnatildi. U 80% tabiiy va 20% suniy o'tdan iborat. Shunday ekan, milliy terma jamoa o'ynashi kerak bo'lgan stadionda koncert o'tkazish qanchalik xavfli?

 - Maydonni kim parvarishlayapti? Ularning bilimi etarlimi? Chunki bu muammoni hal qilishda muhim omildir.

- Men u erga ikki yil oldin borgan edim, maydon o'rnatilayotgan paytda. Bilishimcha, ular Angliyadan mutaxassislarni taklif qilishgan edi. Ha, ular bilan gaplashganman, lekin chim o'rnatilgach, ish tugagandan so'ng ular mamlakatni tark etishdi. Hozir stadionni kim boshqarayotganini bilmayman, lekin u erda hali ham mahalliy odamlar, mahalliy mutaxassislar ishlayotganiga ishonchim komil...

- Asosiy omil – bu bilim. Agar koncert bo'lib o'tgan bo'lsa, keyin to'g'ri texnik xizmat ko'rsatish jarayoni amalga oshirilishi kerak. Siz milliy terma jamoa keyingi oyda, yani sentyabrda o'ynashini aytdingiz. Shunday ekan, bu vaqt oralig'ida o'ynash umuman to'g'ri emas, chunki odatda maydon o'ziga kelishi uchun 6-8 hafta kerak bo'ladi.

Yangi maydonning to'liq shakllanishi uchun taxminan ikki oy kerak bo'ladi, Ammo "Kingdom Arena"dagi shaxsiy tajribamga ko'ra, biz juda zich tadbirlar jadvaliga ko'ra ko'p ishlaganmiz va deyarli har besh kunda o'yin yoki tadbir o'tkazardik.

Ko'p marotaba boks musobaqalarini o'tkazdik. O'shanda bir uslubni qo'llaganman, besh kun davomida chim maxsus qoplama bilan yopilardi va o't deyarli qurib qolardi. Tajribam tufayli buni tezda tuzatib, qayta tiklay olganman. Shuning uchun aytyapmanki, tajribaga ega bo'lish juda muhim. Bilim bo'lmasa, bir zumda maydonni "o'ldirib qo'yish" mumkin. Ammo yaxshi tajriba bo'lsa, darhol va tezkorlik bilan harakat qilish kerak.

Darhol yangi o't urug'ini sepish orqali maydonni qayta tiklash zarur. Bu shunchaki bilim masalasi. Shuning uchun O'zbekiston futbol mutasaddilari masuliyatni o'z zimmasiga olsa, 1 oy ichida o'tni yaxshi holatga keltirish mumkin, lekin bu ham bilimga bog'liq. 

- Koncertlar uchun vaqtinchalik qoplamalar, masalan, pol panellari va shunga o'xshash narsalar qanchalik samarali?

- Xo'sh, sizda musiqa koncerti bo'lib  o'tdi. Shuning uchun, to'g'risini aytganda, o't “o'ladi”. Har qanday tadbirdan so'ng. Bu normal holat. Shu sababli, siz qoplamani olib tashlaganingizdan so'ng darhol texnik xizmat ko'rsatishingiz kerak bo'ladi: eski o'tlarni yig'ishtirib, maydonni tozalashingiz lozim. Keyin zudlik bilan uni qayta ekishingiz kerak. O't shikastlangan zonalarga. Shunda, aytganimdek, yangi o'tni tez tiklash uchun to'g'ri parvarish qilish zarur bo'ladi va eng muhimi, uning sog'lom o'sishiga yordam beradi.


 Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi.



Foto. Koncertdan keyingi "Bunyodkor" 

Reyting:    

Fikrlar

+1   
08 avg 16:57:14
Olmaliq.uz
Olmaliq.uz foydalanuvchining fikriga javob berish
Xullas bitta buzuqini koʻrish uchun borgan odamlar, boshqa narsadan boʻlmasin. Ex....
Hafa boʻlmasin
+1   
08 avg 16:56:45
Olmaliq.uz
Xullas bitta buzuqini koʻrish uchun borgan odamlar, boshqa narsadan boʻlmasin. Ex....
   
08 avg 19:46:35
Акрамжон Халилов
Шу яланғоч шайтонни урғочисини кўргани шунчалик ўзбек халқимиз киради деб ўйламаган эдим, демак анча бузилиб кетибмиз.
   
08 avg 17:37:56
uzbuzb
Tentaklar,bitta qari eshakni xangrataman deb maydoni k*t qilishibdi,netda lopesni konsertidan vedio lavxalar kopdim, shaxsan man yashab turgan xududimda shu qari lopes bepul konsert beradi desayam bormasdim,bu qari kampirni korish uchun odamlar 100$ dan 400 $ gacha narxda blet olishgan deyishdi,kampirni moy surkab yaltiratilgan dumbasini koraman deb blet olganlar xam qip qizil tentak ekanlar, sumda 400 sum ham jalka ketadi bu kampirga
   
08 avg 17:20:03
Obidjon Hodjayev
Ўша гап бизда бунёдкор стадиони бор силарда тиатрлар борми деса ха бор бунёдкор стадиони бор ☠️☠️☠️☠️☠️нол нол ўзбекистон мактаништи билади тамом
   
08 avg 17:19:44
Obidjon Hodjayev
Ўша гап бизда бунёдкор стадиони бор силарда тиатрлар борми деса ха бор бунёдкор стадиони бор ☠️☠️☠️☠️☠️нол нол ўзбекистон мактаништи билади тамом
   
08 avg 16:57:13
Rasul M
Jurnalistlarga zor bohona boldida Katanesdan keyin
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика