Gennadiy Kochnev: "Buxoro" va "G'ijduvon"ning vazifasi boshqa-boshqa"
28 avg 2022 14:20
Yangiliklar
Gennadiy Kochnev: "Buxoro" va "G'ijduvon"ning vazifasi boshqa-boshqa"
"Biz juda ham hayajonli o'yin bo'lishini kutgandik. Ammo birinchi taymni butunlay barbod qildik, juda kuchsiz o'ynadik va gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi taymda o'zgarishlar amalga oshirdik va raqib darvozasi oldida vaziyatlar paydo bo'la boshladi.
So'nggi daqiqalarda vabank qildik va to'liq hujumga o'tdik. Himoyachilarni oldinga surdik, gol urishga urindik, afsuski o'z darvozamizdan ikkinchi golni olib chiqdik. "Buxoro" bugun bizdan yaxshiroq o'ynadi, ularni g'alaba bilan tabriklayman. Keyingi o'yinlarda omad tilayman. Jamoa muxlislarini ham tabriklayman. Biz esa ishlashda davom etamiz, xatolar ustida ishlaymiz. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz, "Buxoro" bilan vazifamiz boshqa-boshqa", - dedi Kochnev.
- Aynan qanday vazifa qo'yilgan?
- Hozir turnir jadvalida pastdamiz, ko'tarilishimiz kerak. Kuchli beshlikda bo'lganimizda yaxshi bo'lardi. Balki 6, balki 7-o'rinni olarmiz. Harakat qilamiz, har bir o'yinda kurashamiz. Superligaga chiqish uchun kurashayotgan jamoalarga qarshi o'ynab bo'ldik va endi o'z raqobatchilarimiz bilan to'qnash kelamiz. Vazifamiz musobaqa jadvalida imkon qadar yuqoriga ko'tarilish.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar