So’nggi yangiliklar

13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  0 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  8 12:30"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  5 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  5 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  6 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  11 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  22

"G'azalkent" Pro liga uchun talab etilgan hujjatlarni rasmiylashtirdi Yangiliklar

"G'azalkent" Pro liga uchun talab etilgan hujjatlarni rasmiylashtirdi

Avvalroq "G'azalkent" Liga azosi bo'lish uchun ariza topshirgan bo'lib, klubga yangi futbolchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazish uchun MyLeague platformasidan foydalanish huquqi taqdim etilgandi.

Keyingi qadam sifatida "G'azalkent" Bo'stonliq tumanida joylashgan futbol stadioniga investiciya kiritish orqali, undan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida foydalanish yuzasidan ariza topshirdi. Mazkur bosqichda klub stadionni kapital tamirdan chiqarish bo'yicha smeta xarajatlarini ishlab chiqib, uning moliyalashtirish manbalari bo'yicha o'z rejasini tasdiqlab ulgurgan. Endilikda klub Sport vazirligi bilan hamkorlikda belgilangan tartibda stadiondan foydalanish bo'yicha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini boshlagan. Amaldagi qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqqan holda, tegishli masalalar to'liq hal etilsa, G'azalkentdagi stadionda qurilish va tamirlash ishlari start oladi. Klub rejasiga ko'ra, barcha masala o'z vaqtida ijobiy yakun topsa, yangi qiyofadagi stadion shu yilning ikkinchi yarmiga qadar tayyor bo'ladi va G'azalkent shahriga katta futbol qaytadi. 

Shuningdek, Associaciyaning amaliy ko'magi bilan "G'azalkent" futbol klubi hamda Toshkent viloyati futbol maktabi o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7 apreldagi 115-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan mazkur qadamlar sabab, endilikda Toshkent viloyatining turli hududlarida "G'azalkent" futbol klubi maktabining filliallari bosqichma-bosqich tashkil etiladi. O'z navbatida, klub sakkiz yosh toifasi bo'yicha 25 nafardan kam bo'lmagan futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkazishni boshlaydi. 

Ayni vaqtda "G'azalkent" klubi Turkiyada tashkil etilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etayotgan bo'lib, uning yillik xarajatlar smetasi Liga ro'yxatidan o'tkazilgan. 2026 yil davomida klub o'zining stadioni, bazasi va talab darajasidagi futbol maktabi mavjud bo'lgan loyihaga aylanishi ko'zda tutilgan. Rejaga ko'ra, keyingi yillarda klub OFK licenziyalash jarayonlariga sinov tariqasida jalb etiladi.

Klub smetasi, stadionni to'liq tamirlash xarajatlari xususiy investisiyalar hisobidan amalga oshirilayotgani, uning strategiyasi va bolalar futbolini yanada rivojlantirishga bo'lgan yondashuvidan kelib chiqib, Liga "G'azalkent" futbol klubini Pro liga ishtirokchilari safiga qabul qilishni maqsadga muvofiq deb topdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
09 fev 19:36:39
Odiljon
Осмондан тушдими бу жамоа ха узбек футболи Сенга хамма нарса ярашаверади супер лига куйиш керак Эди
Хужвти боракан
   
09 fev 18:54:17
Buhgalter
Пролигага чиқиш учун биринчи лигада ғолиб чиқиши шартми?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика