Garnacho: "Finalgacha har bosqichda maydonga tushdim, jamoaga yordam berdim va bu o'yinda 20 daqiqa o'ynadim..."
22 may 11:20
Yangiliklar
Garnacho: "Finalgacha har bosqichda maydonga tushdim, jamoaga yordam berdim va bu o'yinda 20 daqiqa o'ynadim..."
"Manchester Yunayted" turnirning final uchrashuvida "Tottenxem"ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Argentinalik futbolchi boshlang'ich tarkibga kiritilmadi va ikkinchi bo'limning 71-daqiqasida maydonga tushdi.
"Hozir hech kimga oson emas. Yomon mavsum. Finalda mag'lub bo'ldik va APLda hech bir jamoani yutolmayapmiz.
Ko'p narsa etishmadi. Gol urmasangiz, yanada faolroq harakat qilishingiz kerak.
Finalgacha har bosqichda maydonga tushdim, jamoaga yordam berdim va bu o'yinda 20 daqiqa o'ynadim... Bilmadim.
Kelajakka kelsak, mavsumning o'zi, klubdagi vaziyat... Men yozdan zavq olishga harakat qilaman, keyin nima bo'lishini ko'ramiz", – dedi “Manchester Yunayted”ning hujumkor yarim himoyachisi Alexandro Garnacho.
Voqeaga munosabat bildirgan Garnachoning ukasi Roberto esa quyidagilarni aytdi:
"Hammadan farqli o'laroq tinimsiz mehnat qilib, har bir turda jamoaga yordam berib, so'nggi 2 finalda 2 ta gol urib, 19 daqiqaga maydonga tushish va avtobus ostiga otilish, vou xaxaxaxa".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar