Garet Sautgeyt: “Reshford dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lmoqchi”
13 mar 2019 21:06
Yangiliklar


Garet Sautgeyt: “Reshford dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lmoqchi”
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“U dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lmoqchi va shu maqsadda o'z o'yini bilan barchani hayratda qoldirmoqchi. Ayni paytda u jamoasi safida gollar urmoqda va bu unga ishonch bag'ishlayapti.
Kuzda u bizning asosiy futbolchilarimizdan biri edi, o'shanda u darhaqiqat yaxshi o'yin namoyish etgandi”, deydi Sautgeyt.
O’xshash yangiliklar
00:44
"Barselona" Reshfordni 30-35 mln evroga sotib olish huquqiga ega bo'ladi. MYU 50 mln xohlagandi 4

Fikrlar