So’nggi yangiliklar

18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  14 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0

"Gannover" futbolchisi "Bavariya" bilan o'yindan keyin championat.asia saytiga intervyu berdi Yangiliklar

"Gannover" futbolchisi "Bavariya" bilan o'yindan keyin championat.asia saytiga intervyu berdi

Bugungi kunda "Gannover" sharafini himoya qilayotgan himoyachi Edgar Prib Rossiyada tug'ilgan.

Futbolchi 1989 yil hozirgi Saxa Respublikasi (sobiq Yakutiya) Neryungri shahrida tavallud topgan. Ikki yoshida ota-onasi bilan birga Germaniyaga, Fyurt shahriga ko'chib ketgan. Dastlab 2009-2013 yillarda "Groyter Fyurt" klubida o'ynagan. 2013 yildan buyon "Gannover 96" sharafini himoya qilib kelmoqda. Saytimizning Germaniyadagi muxbiri Miron Goyxman Bundesliganing 32-turidan o'rin olgan "Bavariya" - "Gannover" uchrashuvidan so'ng Edgar Prib bilan qisqa intervyu tashkil etdi. 

- Sizni yana maydonda ko'rishdan xursandmiz...
- Ha, ikki yil tizzamni davoladim. Ammo hozir barchasi ortda qoldi.

- Tizzangiz boshqa og'rimayaptimi?
- Barchasi yaxshi. Eng asosiysi, yana maydonga tushayapman. O'tgan turda ilk bor maydonga tushdim. Bugun ham. Ha, hozircha faqat zaxiradan tushayapman, ammo vaqt o'tgan sari barchasi yaxshilanadi deb umid qilaman.



- Siz o'ynayotgan "Gannover"ning bu mavsumda omadi kelmayapti...
- Ha shunday. Yana ikkita o'yin bor va ular biz uchun xuddi ikkita finaldek bo'ladi. Ikkala uchrashuvda yutishimiz shart. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Men esa jamoamga yordam berishga harakat qilaman.

- Jarohat olishingizdan oldin sizga Rossiyadan qiziqish borligi haqida xabarlar chiqqandi.
- Ha, axir Rossiyada tug'ilganmanku. Ammo jarohat oldim va bu imkoniyatni qo'ldan boy berdim.

- "Gannover"dagi sizning sardorlik bog'ichingiz Anton Valdemarga o'tdi. O'zbekistonda uni o'zimizdan deb hisoblashadi...
- U juda ham qobiliyatli futbolchi. Hali yosh va barchasi oldinda. Undan O'zbekiston terma jamoasi haqida so'ragandim, ammo u Germaniyada o'ynashni istashini malum qildi, keyinroq barchasi aniq bo'ladi.



- Klubda qolasizmi?
- Hozircha bu borada gap-so'z bo'lgani yo'q. O'ylashimcha, dastlab bu mavsumni yakunlab olish kerak, shundan keyingina bu borada o'ylaymiz.

- Valdemarda ham shunday vaziyatmi?
- Balki shundaydir. Ko'p narsa keyingi mavsum "Gannover" qaysi ligada o'ynashiga bog'liq bo'lsa kerak.



Miron Goyxman Myunxendan championat.asia sayti uchun maxsus

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика