So’nggi yangiliklar

19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  1 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3

G'alabadan so'ng qatarlik futbolchilarga shippak uloqtirishdi. Bu arablar uchun eng oliy haqorat Yangiliklar

G'alabadan so'ng qatarlik futbolchilarga shippak uloqtirishdi. Bu arablar uchun eng oliy haqorat

Osiyo Kubogi-2019ning yarim finalida Qatar terma jamoasi turnir mezboni BAAni yirik hisobda (4:0) taslim qildi, ammo hech kim muvaffaqiyatni nishonlay olmadi.

Hammasi Qatar madhiyasi paytida boshlandi - mahalliy muxlislar xushtakbozlik uyushtirishdi. Turnirdagi hech qaysi madhiya bunday xushtakbozlikka uchramagan edi. Bu odamlarning ko'pchiligi stadionga tekinga kirdi. BAA sport kengashi bahsdan oldin sotilmay qolgan chiptalarnining hammasini xarid qildi va ularni o'z muxlislariga ulashdi.

Hammasi ikkinchi goldan keyin boshlandi - 37-daqiqadagi goldan so'ng qatarlik futbolchilarga shippak va suv idishlar ucha boshladi.

SHippak otish - Yaqin SHarqdagi eng oliy haqorat hisoblanadi. BBC jurnalisti Mani Jazmining so'zlariga ko'ra, bundan haqorat, oyoq kiyimining tagligidan ham iflos manosini beradi.

Har bir goldan so'ng futbolchilar tomon shippaklarni uloqtirishdi.

Ikkinchi bo'limda o'yin xatto o'yin to'xtatildi - BAA futbolchilari va stadion xodimlari muxlislarni tinchlantirishdi.

Kimdir maydonga tushib ketdi - uni policiya to'xtatib qoldi.

"Futbolchilar hissiyotlarini nazorat qila olishdi. Ular bilan faxrlanaman" - deydi Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches.

Qatarni ko'pchilik yoqtirmaydi

Muxlislarning reakciyasi - Qatar va Yaqin SHarq mamlakatlari o'rtasidagi dushmanlikning natijasi. 2017 yilda JCH-2022 mezbonlarini terroristlarni qo'llab-quvvatlashda, Eron bilan hamkorlikda ayblashdi va ularning oldiga o'z talablarini qo'yishdi. Ulardan bir nechtasini etiboringizga havola qilamiz:

- Saudiya Arabistoni, BAA, Misr, Bahrayn, AQSH va boshqa mamlakatlar terroristik deb hisoblagan tashkilotlar bilan aloqalarni uzish

- Turkiya harbiy bazasini yopish

- Erondagi diplomatik missiiyani yopish va bu mamlakat bilan aloqalarni cheklash

- Boshqa mamlakatlar ishiga aralashishni to'xtatish

- Qatar siyosati tufayli vafot etganlarga tovon pulini to'lash


Qatar hech bir talabni bajarmadi.

Natijada Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn Qatar fuqarolari uchun chegaralarni yopishdi, ularning mamlakatidagilarni esa 14 kun ichida davlatdan chiqarib yuborishdi. O'z aholisiga esa Qatarga yo'l olishni taqiqladi. Osiyo Kubogidan oldin taqiqlar engillashtirildi - maxsus ruxsatnomalar orqali BAAga kirish mumkin edi. Ammo turnirda Qatarlik ishqibozlar deyarli yo'q. Tribunada birgina qizni ko'rishdi - Qatarni yaxshi ko'radigan koreyalik xonanda, sobiq aktrisa Merri Li.

Bu mamlakatlar (Misr ham) Qatar samolyotlarini o'z hududiga kiritmay qo'ydi. Yaqin SHarqning ko'plab portlari Qatar bayrog'i bor kemalar uchun yopildi. Bu sankciyalarning bir qismi edi.

Siyosiy kurash futbolga ham tasir qila boshladi. Bu boshlanishi bo'lsa kerak. Stadionda bo'lgan Mani Jazmining yozishicha, shippak uloqtirishni hech kim unutmaydi.

FIFA va OFK hozircha bu tartibsizliklarga munosabat bildirmadi.

Reyting: -102   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика