So’nggi yangiliklar

10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  22 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3

Futzal. O'zbekiston 15-marta Osiyo chempionatiga chiqdi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston 15-marta Osiyo chempionatiga chiqdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Eronning Tabriz shahrida Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etdi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoamiz saralashda qo'shnilarimiz Qirg'iziston va Turkmaniston hamda Nepal bilan bir guruhda o'ynashdi.

Dastlab Nepal bilan kuch sinashgan vakillarimiz raqibni osonlik bilan taslim qilishdi - 14:1. Dilshod Rahmatov bu o'yinda xet-trik, Artur Yunusov, Dilmurod SHavkatov va Davron CHoriev dublga erishishdi. Ushbu bahsning eng yaxshi futzalchisi deb Dilshod Rahmatov tan olindi.

Ikkinchi turda jamoamiz Turkmanistonni taslim qildi - 4:2. Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Ilhom Hamroev va Davron CHoriev o'z hisoblariga gol yozib qo'yishdi. Ushbu g'alaba O'zbekiston terma jamoasini muddatdan avval Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bu uchrashuvda darvozabonimiz Rustam Umarov eng yaxshi deb topildi.



So'nggi turda xuddi biz kabi qita chempionatiga chiqib bo'lgan Qirg'iziston bilan guruhda birinchi bo'lish uchun o'yin bo'ldi. Deyarli o'rtoqlik uchrashuvi maqomidagi bahsda ham O'zbekiston g'alabaga erishdi - 4:3. Jamoamiz safida Davronjon Abdurahmonov, Konstantin Sviridov, Mashrab Odilov va Dilmurod SHavkatov gol urishdi. Oxirgi o'yinda Artur Yunusov eng yaxshi o'yinchi bo'ldi.

O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida 15-marta Osiyo chempionatiga chiqdi. Yani jamoamiz barcha musobaqalarning ishtirokchisi hisoblanadi. SHu kunga qadar bo'lib o'tgan 14ta chempionatda bizdan tashqari Eron, Yaponiya, Tailand va Qirg'iziston terma jamoalari ham ishtirok etishgan. Eron hamda Qirg'iziston ham keyingi yilgi musobaqaga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Qolgan saralash guruhlaridagi o'yinlar endi bo'lib o'tadi. Osiyo chempionatining barcha ishtirokchilari 12 noyabr kuni malum bo'ladi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi shu paytgacha Osiyo chempionatlarida to'rt marta kumush medallarga ega chiqqan. Bu jamoamizning eng yaxshi natijasi hisoblanadi. Ikki bor uchinchi va bir marta to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritganmiz. Bir marta yarim finalda, to'rt bor chorak finalda musobaqani tark etganmiz. Dastlabki ikkita Osiyo chempionatida O'zbekiston guruhda qolib ketgandi.



O'zbekiston terma jamoasi ilk bor 2001 yilgi chempionatda finalga qadar etib borib mezbon Eronga 0:9 hisobida yutqazgan.

Keyingi uchta vice-chempionlik o'z uyimizdagi musobaqalarda qo'lga kiritilgan. 2006 yil finalda Yaponiyaga imkoniyatni boy berganmiz - 1:5. 2010 yilda esa Eronga yutqazganmiz - 3:8. Nihoyat oxirgi Osiyo chempionatining finalida hal qiluvchi bahsda Eronga 1:2 hisobida mag'lub bo'lganmiz.

Futzal bo'yicha 15-Osiyo chempionati 2018 yilning 6-18 fevral kunlari Xitoy Taypei mamlakatida bo'lib o'tadi. Unda qitaning eng kuchli 16ta terma jamoasi ishtirok etadi. SHu kunga qadar bo'lib o'tgan qita chempionatlarida Eron terma jamoasi 11 marta chempion bo'lgan. Qolgan uchta musobaqda Yaponiya zafar quchgan.

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga ilk bor Xitoy Taypei davlati mezbonlik qiladi. Bungacha uch bor O'zbekiston ushbu musobaqani o'zida qabul qilgan. Eron hamda Vetnam mamlakatlarida ikki martadan qita chempionati bo'lib o'tgan. 


Narzulla Saydullaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика