So’nggi yangiliklar

19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  0 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  7 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  4 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  105

Futzal. Osiyo chempionati saralash bosqichi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi Yangiliklar

Futzal. Osiyo chempionati saralash bosqichi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi

SHu yilning 15–17 oktyabr kunlari Eronning Tabriz shahrida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash bosqichi bellashuvlari bo'lib o'tadi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi “A” guruhidan o'rin olgan bo'lib, Osiyo chempionati final bosqichi yo'llanmasi uchun guruhda Qirg'iziston, Turkmaniston va Nepal bilan kuch sinashadi. Bugun, 14 oktyabr kuni “A” guruhi vakillarining bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov va futzalchi Davron Abdurahmonov qatnashdi.  

“Osiyo chempionatiga saralash bosqichi formati oldingilaridan farq qiladi. Avvallari Osiyo chempionatida 1–4 o'rinlarni egallagan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri OCH final bosqichiga yo'l olardi. Hozir esa barcha jamoalar guruhlarga bo'lingan holda final yo'llanmasi uchun kurashadi va bu o'ziga yarasha raqobatni kuchaytiradi. Terma jamoamizning tayyorgarligi yaxshi o'tdi va biz bo'lajak o'yinlariga tayyormiz.

Mamlakatimizda futbol va futzalga bo'lgan etibor oshib bormoqda va shuning evaziga ushbu sport turi rivojlanmoqda. Osiyo qitasidagi barcha jamoalarda o'ziga yarasha taktika mavjud bo'lib, ular orasida kuchsizlari yo'q”, – dedi Bahodir Ahmedov. 



SHundan so'ng, Nepal, Qirg'iziston va Turkmaniston terma jamoalari bosh murabbiylari o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Rakesh SHresta (Nepal): Saralash bosqichiga tayyor bo'lib keldik. Bu erdagi jamoalar katta tajribaga ega, ammo biz Osiyo chempionati final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Eronga kelganmiz. Har bir o'yinda bor kuchimizni beramiz.

Amirjon Mukanov (Qirg'iziston): Bizning jamoa yangidan shakllanmoqda, yani, avlodlar almashinuvi amalga oshmoqda. Tajribali va mahoratli futzalchilarning yoshi o'tgani sayin, ularning o'rnini yoshlar egallamoqda. SHu sababdan Osiyoda o'z o'rnimizni biroz yo'qotdim. Ammo sabrli bo'lishimiz va yoshlar kuchini sinovdan o'tkazishimiz zarur. Muvaffaqiyatsizlik sabablarini tahlil qilib, yaqin 3 yil uchun reja tuzib qo'yganmiz. Barchasi o'z iziga tushadi degan umiddaman.

Yoqub Ovezov (Turkmaniston): Eronga birinchi kelishimiz emas. Bu erda terma jamoa bilan o'quv-mashg'ulolarida qatnashganmiz. Jamoamiz asosan 23–25 yoshli futzalchilardan iborat. Umid qilamanki, saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, OCH final bosqichiga yo'l olamiz.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi OCH saralash bosqichidagi ishtirokini ergata, 15 oktyabr kuni Nepal termasiga qarshi boshlaydi. Musobaqa taqvimi va jadvalini mazkur havola orqali kuzatib borish mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика