So’nggi yangiliklar

02:19Максим Шацких: "Холдорхонов биз кутган ўйинни кўрсата олмаяпти"  1 01:55А Серия. "Болонья" - "Ювентус" баҳсида 6та гол урилди  7 01:51Вадим Абрамов: "Навбатдаги 2 очкони қўлдан чиқардик"  4 01:30Мбаппе Париж марказида 250 кишилик кечки овқат ташкил қилди  3 00:15Мбаппенинг укаси ҳам ПСЖни тарк этади  1 00:02Файзуллаевнинг иккита голли паси ЦСКАнинг йирик ғалабасига ёрдам берди  10 23:30Февзи Давлетов: "Ўйин сифатидан кўнглим тўлди, натижадан эса йўқ"  2 23:04Рўзиқул Бердиев: "Иккинчи рақам бўлиб ҳаракатланиш ўйиндан аввалги режамиз эди. Бундай қийин учрашувларда энг муҳими натижа"  19 22:56Чемпионшипга равона бўлган жамоа устози "Бавария" бош мураббийига айланиши мумкин  3 22:43Тухель "Бавария"дан кетгани учун яхшигина товон пули олади  2 22:32Россиялик ҳакам "Сурхон" - "Насаф" ўйинидаги вазият ҳақида: "Бош ҳакам мақтовга лойиқ"  12 22:15БАА. Амонов ва Абдуллаев жамоаси "Ал Шаржа"га мағлуб бўлди  1 21:30"Ливерпуль" янги бош мураббий номини эълон қилди  9 21:05Суперлига. 105 дақиқа давом этган ўйинда "Насаф" "Сурхон"ни кичик ҳисобда таслим қилди  92 21:00Суперлига. "Динамо" Жиззахда "Пахтакор" билан муроса кўчасини танлади  80

Futzal. “Olmaliq” ikkinchi bor klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashadi Yangiliklar

Futzal. “Olmaliq” ikkinchi bor klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashadi

Teglar :  FutzalOlmaliq
Bugun, 20 iyul kuni Vetnam mamlakatida hisob bo'yicha VIII futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oldi.

2010 yildan buyon har yili o'tkazib kelinayotgan musobaqada Osiyo qitasi mamlakatlarining chempionlari ishtirok etishadi. O'zbekiston sharafini mamlakatning amaldagi chempioni “Olmaliq” klubi himoya qiladi. Aleksandr Petrov boshchiligidagi jamoa “D” guruhida Tailandning “CHonburi Blyuveyv” hamda Livanning “Bank Beyrut” klublari bilan kuch sinashadi.

Hozirga qadar bo'lib o'tgan 7ta musobaqada uch marta Yaponiyaning "Nagoya Oushens" klubi g'olib bo'lgan. Eronning "Giti Pasand", "Fulad Mahan" va "Tasisat Daryoi" klublari bir martadan chempion bo'lishgan. "Olmaliq"ning guruhdoshi Tailandning "CHonburi Blyuveyv" klubi 2013 yil chempion bo'lgan edi. O'zbekiston klublari orasida eng yaxshi natijani "Ardus" qayd etgan. 2012 yil Quvaytda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida finalga qadar etib borgan va "Giti Pasand"ga yutqazib qo'ygan edi.

"Olmaliq" ikkinchi bor ushbu musobaqada ishtirok etadi. O'tgan yil jamoa guruhdan chiqib chorak finalda aynan "CHonburi Blyuveyv"ga yutqazib qo'ygandi.

Xoshimin shahri mezbonlik qiluvchi bu safargi chempionatda jami 14 mamlakat chempionlari ishtirok etishadi. Bu yil ilk bor Tojikiston klubi ushbu musobaqada qatnashadi.

Musobaqa o'yinlari Xoshimindagi "Phu Tho Indoor" stadionida bo'lib o'tadi. Ushbu mini-futbol zali o'z bag'riga 3300 tomoshabinni sig'dira oladi. Musobaqaning final o'yini 30 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.



"A" guruhi: "Tai Son Nam" (Vetnam), "Al Dafra" (BAA), "Vik Vipers" (Avstraliya), "EREM" (Qirg'iziston)
"B" guruhi: "Nafit Al Vasat" (Iroq), "Ar Rayan" (Qatar), "Vamos" (Hindiston), "Disi Invest" (Tojikiston)
"C" guruhi: "SHriker Osaka" (Yaponiya), "Giti Pasand" (Eron), "SHenjen Nanling" (Xitoy)
"D" guruhi: "CHonburi Blyuveyv" (Tailand), "Olmaliq" (O'zbekiston), "Bank Beyrut" (Livan)

21 iyul (12:00 Toshkent vaqti)
"Bank Beyrut" - "CHonburi Blyuveyv"

23 iyul (12:00 Toshkent vaqti)
"Olmaliq" - "Bank Beyrut"

25 iyul (12:00 Toshkent vaqti)
"CHonburi Blyuveyv" - "Olmaliq"



"Olmaliq" (O'zbekiston)
Darvozabonlar:

Klim Tyugaev
Ravshan Eliboev

O'yinchilar:
Jamoliddin SHaripov
Konstantin Sviridov
Artur Yunusov
Farhod Abdumavlonov
Dilshod Rahmatov
Javlon Anorov
Dilshod Irsaliev
SHuhrat Tojiboev
Sarvar SHoahmedov
Ilhom Rajabov
Sunnat Kuralov
Sirojiddin Mahmudov
Bosh murabbiy: Aleksandr Petrov

"Bank Beyrut" (Livan)
Darvozabonlar:

Hussayin Hamadani
Tariq Tabbush
Muhamad Zreik

O'yinchilar:

Ali El Xomsi
Muhammad Hammud
Ahmad Xeir El Din
Karim Abu Zeid
Behruz Jafari
Ali Tniech
Muhammad Kobeissi
Mehdi Koubeissi
Mustafo SHerxan
Stiv Koukezian
Dragan Tomich
Bosh murabbiy: Deyan Dedovich

"CHonburi Blyuveyv" (Tailand)
Darvozabonlar:

Arut Sengbat
Katavut Xankampa

O'yinchilar:
Sorasak Punjungrid
Pirapat Kaevilai
Suttiroj Nattapon
Rudimar Venanchio
Ronnachai Jungvongsuk
Nattavut Srirangpirot
Kristada Vongkaeo
Jiravat Sornvichian
Supxavut Tuengklang
Nattavut Madyalan
Apivat CHaemcharoen
Jetsada CHudech
Bosh murabbiy: Rakpol Sainetngam

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика