So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Futzal. "Neftchi" - "So'g'diyona" (4:0) o'yinidan keyin qanday fikrlar bo'ldi? Yangiliklar

Futzal. "Neftchi" - "So'g'diyona" (4:0) o'yinidan keyin qanday fikrlar bo'ldi?

Teglar :  So'g'diyonaNeftchi
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining navbatdagi turida "Neftchi" jamoasi "So'g'diyona"ni qabul qildi va o'yinda farg'onaliklar raqiblar darvozasiga javobsiz 4 marta gol kiritishdi.

SHu tariqa, ilk bellashuvda mezbonlar g'olib kelishdi. O'yindan keyin xar ikki jamoa bosh murabbiylari "Neftchi" matbuot xizmati intervyu berishdi

Oybek Abdurahmonov (So'g'diyona bosh murabbiyi):


- Qiyin o'yin bo'ldi. Afsuski, yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Aynan shu tufayli mag'lubiyatga uchradik. "Neftchi" kuchli raqib deb o'ylayman. Farg'onaliklar mavsum oldidan tajribali futzalchilarni jamlashgan. Biz esa jizzaxlik yosh yigitlardan jamoa tuzganmiz. Balki bizga biroz tajriba etishmayotgandir. "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. SHu o'rinda, jamoamizga ajoyib imkoniyatlarni yaratib berayotgani uchun "So'g'diyona" PFK rahbariyatiga katta rahmat aytib qolaman.


Farrux Zokirov ("Neftchi" bosh murabbiyi):

- "So'g'diyona" asosan yosh futbolchilaridan iborat sanaladi. Lekin bahs davomida shunga guvohi bo'ldimki, raqib juda tezkor o'yin ko'rsatdi. Birinchi bo'limda urilgan 3 ta gol jamoamizga ruhiy ustunlik taqdim etdi. SHu sabab, g'olibona kayfiyatda bellashuvni davom ettirdik. Lekin bu natija bilan chegaralanib qolmaymiz. Ertagalik o'yinda ham Jizzax jamoasi bizga jiddiy muammolar tug'dirishi aniq. "Neftchi" joriy mavsumda faqat yuqori o'rinlar uchun kurashadi.

Hojiakbar Jabborov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика