So’nggi yangiliklar

23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21

Futzal: Milliy terma jamoani taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Futzal: Milliy terma jamoani taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Futzal bo'yicha XIII Osiyo chempionatining bronza medallarini qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi azolari 20 may kuni O'zbekiston Futzal Uyushmasi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
O'zbekiston Futbol Federaciyasi majlislar zalida o'tkazilgan taqdirlash marosimida O'FU prezidenti Fazliddin Sirojiddinov, O'FF birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev, O'FU birinchi vice-prezidenti Muxtor Hoshimov, O'FU vice-prezidenti Jahongir Usmonov hamda O'FF Faxriylar Kengashi raisi Narimon Jalolov ishtirok etishdi.

Vetnamning Xo SHi Min shahrida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolariga murojaat qilgan O'FU prezidenti Fazliddin Sirojiddinov  shunday dedi: “Birinchi navbatda, barchangizga chuqur minnatdorchilik bildirmoqchiman. Siz Osiyo chempionati kabi nufuzli musobaqada O'zbekiston sharafini munosib himoya qila oldingiz. Umid qilamanki, keyingi Osiyo chempionatida ham siz sovrindorlar qatoridan joy olib, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritasizlar”.

Futzalni rivojlantirish, hamda futzal bo'yicha milliy terma jamoa obro'sini yanada oshirish maqsadida, O'zbekiston Futzal Uyushmasi bundan buyon terma jamoa azolariga oylik maosh to'laydigan bo'ldi.

“Biz, O'zbekiston Futbol Federaciyasi hamda O'zbekiston Futzal Uyushmasi rahbariyati bilan kelishib olib, sizlarga, yani terma jamoa azolariga oylik maoshlarini tasish etishga qaror qildik. Endilikda, milliy terma jamoa azolari har oy O'zbekiston Futzal Uyushmasi tomondan oylik maoshlarini oladi, bu esa, terma jamoada o'ynash ishtiyoqini yanada oshiradi”, - deb takidladi Fazliddin Sirojiddinov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика