So’nggi yangiliklar

15:13ЖЧ-2026 саралаши. Ҳаммани "савалаётган" Япония ва Австралиянинг асосий таркиблари маълум  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:21Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  1 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  8 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  27 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  17 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6

Futzal. Mashrab Odilov: “Kuchli irodamiz evaziga g'alaba qozondik” Yangiliklar

Futzal. Mashrab Odilov: “Kuchli irodamiz evaziga g'alaba qozondik”

Futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasining 2-turida “Lokomotiv” jamoasi “Xuaxin-Jizzax”ga qarshi maydonga tushdi.

Mazkur bahsda toshkentliklar ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi, 5:1. O'yindan so'ng “Lokomotiv” etakchisi Mashrab Odilov bilan suhbatlashdik.
“Bugungi o'yin juda qiyin bo'lishini bilardik, - deya gap boshladi Odilov. SHunga o'zimizni har tomonlama tayyorladik. Kuchli jamoa ustidan g'alaba qozondik. Qolgan bellashuvlarda ham shu tariqa harakat qilamiz.

- “Lokomotiv” aynan nimaning evaziga g'alaba qozondi, deb o'ylaysiz?
- Biz bitta maqsad – himoyada ishonchli o'yin ko'rsatish va yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishimiz muhim edi. O'yindan oldin barchamiz bilardik, raqib kuchli va ular ko'proq hujum tashkil qilishiga intilardi. “Lokomotiv” bugun kuchli iroda namoyish etdi. O'yin davomida yaratilgan har bir vaziyatimizdan to'g'ri foydalangan holda g'alaba qozondik.

- “Lokomotiv”ning bu mavsumdagi asosiy maqsadlariga to'xtalib o'tsangiz?
- Faqat chempionlik uchun kurashamiz. Tarkibimizda juda kuchli futbolchilar to'plangan. Oldimizda turgan har bir uchrashuvni yutishimiz va ochkolarimiz sonini ko'paytirib borishimiz lozim.



- Raqobatchi jamolar sifatida kimlarni ko'rsata olasiz?
- Men alohida birorta jamoani ko'rsatmoqchi emasman. Bu mavsumda chempionatda kuchli jamoalar to'planishgan va har bir klubning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari bor. O'tkinchi o'yinlar yo'qligini ayta olaman.

- “Neftchi”ga qarshi kechadigan o'yin oldidan fikringiz qanday?
- Biz bu jamoa ishtirokidagi ikkita uchrashuvni kuzatdik. Jamoada yaxshi ijrochilar bor. Qolaversa, bosh murabbiyi ham ancha tajribali mutaxassis hisoblanadi. “Neftchi” bilan qiyin o'yin kechadi va bu bahsda g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика