So’nggi yangiliklar

20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  0 20:00Суперлига. "Насаф" – "Андижон" 0:1 (матнли трансляция)  8 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  1 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  5 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  3 18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  7 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  5 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  3 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  2 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  5 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3

Futzal. "Lokomotiv" Yaponiya chempioniga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Futzal. "Lokomotiv" Yaponiya chempioniga mag'lub bo'ldi

Xitoyning CHengdu shahrida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi turi doirasida Yaponiya chempioni "Nagoya Oushens"ga qarshi bahs olib bordi.

"Nagoya Oushens" (Yaponiya) - "Lokomotiv" (O'zbekiston) 3:1
"Shuangliu Sports Centre", CHengdu
Gollar:
H. SHirakata 8, T. Vatanabe 21, K. Sviridov (avt.) 30 - F.Abdumavlonov 38

"Nagoya Oushens": 1.Ryuma SHinoda, 3.Vataru Kitahara, 4.Rafael Yoshio Sakai, 9.Kaoru, 15.Tomoki Yoshikava.
Zahiradan tushganlar: 2.Daimu Yazava, 5.Ryuta Hoshi, 7.Kiyoto Yagi, 8.Hidekazi SHirakata, 11.Hiroki Urakami, 13.Tomoaki Vatanabe, 16.Takumi Okajima.

"Lokomotiv": 1.Oleg Tukmakov, 4.SHuhrat Tojiboev, 8.Vitaliy Borisov, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov.
Zahiradan tushganlar: 12.Klim Tyugaev, 3.Sunnat Kuralov, 5.Oleg Xolmuhamedov, 6.Farxod Miraxmedov, 7.Furqat Azizov, 9.Andrey SHlyoma, 10.Maxsud Fayzullaev, 13.Faxriddin Samedov, 15.Farxod Abdumavlonov.   



Ana shu uchrashuvning hisobini LIVE tarzda berib boramiz. Birinchi bo'limdan so'ng yaponlar kichik hisobda oldinda edilar, afsuski ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqasidayoq Yaponiya terma jamoasi azosi Tomoaki Vatanabe ikkinchi to'pni "temiryo'lchilar" darvozasiga kiritdi.

40. Sviridovning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

40. Endi raqiblar bosh murabbiyi taym aut oldi.

Bugun "Nagoya Oushens" darvozaboni parketda eng yaxshilardan biri bo'lmoqda.

39. Vitaliy Borisovning kuchli va aniq zarbasini darvozabon qaytarib yubordi.

39. Samedovning yaqin masofadan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

38. Goooooolllll, Farxod Abdumavlonov, 3:1. Artur Yunusov tezkor qarshi hujumni boshlab berdi, Sviridov esa Abdkmavlonovga yakunlovchi pasni tashlab berdi.

36. Avvaliga Vitaliy Borisov, keyin Sviridovning zarbalarini darvozabon qaytarib yubordi.

Kutilganidek, SHuhrat Tojiboev o'ynovchi darvozabon sifatida maydonga tushdi.

35. Ahad Yusupov taym aut oldi, "Lokomotiv" tarkibida o'ynovchi darvozabon tushadi.

34. Raqib futbolchisi kutilmaganda Konstantin Sviridovga oldirib qo'ydi, Sviridov esa qulay vaziyatga chiqib borib zarba berdi, uning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

33. Kaoru Tukmakov bilan birga-bir chiqib borib, imkoniyatdan foydalana olmadi.

31. Afsuski, Oleg Tukmakov o'z darvozasidan uchinchi to'pni olib chiqdi. Ryuta Hoshi hisob yiriklashishini taminladi, 3:0.

27. Faxriddin Samedovning zarbasi biroz noaniq chiqdi.

25. Kaoru kuchli zarba berdi, to'p ikki marta darvoza ustuniga tegib qaytdi.

24. Artur Yunusovning zarbasini darvozabon chiroyli tarzda kaytarib qoldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика