So’nggi yangiliklar

10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  2 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  4 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  4 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  6 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  8 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  10 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  15 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  8 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  16 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  9 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  6 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  3 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  7 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  109 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  6

Futzal. “C” guruhi murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani Yangiliklar

Futzal. “C” guruhi murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani

Teglar :  Futzal
10 fevral kuni futzal bo'yicha Osiyo chempionati oldidan “C” guruhi murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Husayin SHodiev (Tojikiston bosh murabbiyi): “Guruhimiz kuchli, lekin biz ham bo'sh kelmaymiz. Barcha uchrashuvlarda oxirigacha bor kuchimiz bilan o'ynaymiz. Tarkibimizda yoshlar juda ko'p, ularga ishonamiz. Barcha murabbiylarga omad tilayman”.  

Viktor Xermans (Tailand bosh murabbiyi):
“Musobaqaga imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, bazi muammolarni aytmaganda qita chempionatiga yaxshi kayfiyatda etib keldik. Osiyo chempionatida kuchli beshtalikka kirish uchun salohiyatimiz etadi”.

Bruno Garsiya (Vetnam bosh murabbiyi):
“Yuz foiz tayyorlandik. O'ylagan barcha rejalarimizni amalga oshirdik. Vetnam mamlakatida sport va futzalning o'sganini isbotlamoqchimiz. O'z oldimizga yuqori maqsadlar qo'yganmiz”.

CHeng Yung SHen (Xitoy Taypei bosh murabbiyi): “
Guruhda kuchli jamoalar bor. O'z maqsadimizga bosqichma bosqich erishmoqchimiz. Musobaqada ko'plab yosh futzalchilar bilan ishtirok etamiz. Osiyo chempionatida o'zimizning eng yaxshi tomonlarimizni ko'rsatishga harakat qilamiz”.



- Raqiblarni qanchalik o'rganib chiqdinglar?
Husayin SHodiev (Tojikiston bosh murabbiyi):
“Tailand va Vetnamning o'yinlarini ko'rib chiqdik. Xitoy Taypei ancha o'zgargan. Barcha jamoalarga qarshi bir xilda tayyorgarlik ko'rdik”.

Viktor Xermans (Tailand bosh murabbiyi): Professionallik degani doim raqibni o'rganib chiqish deganidir. Sababi bu erda o'tirgan har bir murabbiy raqibni o'rganmadim demaydi. Barcha hamkasblarimga omad tilayman.

Bruno Garsiya (Vetnam bosh murabbiyi): Barcha raqiblarimizni bilamiz. Ular turli usullarda turli taktikalarda o'ynashadi. Tailand guruhimiz favorit. Ular nafaqat guruhda balki musobaqada favorit. Xitoy Taypei va Tojikiston terma jamoalari har qanday jamoaga qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Ammo biz ularga qarshi chora tadbirlar ishlab qo'yganmiz. O'yinlarda ularni ishlatishga harakat qilamiz.

CHeng Yung SHen (Xitoy Taypei bosh murabbiyi): Vetnam terma jamoasi oxirgi yillarda juda kuchaydi. Bruno Garsiya juda tajribali murabbiy, u yaxshi ish olib bordi. Birinchi o'yin doim qiyin bo'ladi. Menimcha bu o'yin musobaqani bezab beradi deb o'ylayman.

- Musobaqada qaysi jamoalar g'olib bo'ladi deb o'ylaysiz?
Husayin SHodiev (Tojikiston bosh murabbiyi):
- O'tgan chempionat sovrindorlari favorit hisoblanadi. CHempion Yaponiya, Eron, Tailand va abatta musobaqa mezboni O'zbekiston terma jamoasi.

- Tojikiston terma jamoasi musobaqaga qanday tayyorgarlik ko'rdi? Guruhdan chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?
Husayin SHodiev (Tojikiston bosh murabbiyi):
- To'g'ri tarkibga bir qator futzalchilarni jalb qila olmadik. Ammo tarkibimizda yosh va chaqqon futbolchilar bor. Guruhda chiqishga urinib ko'ramiz.

- Tailandning tayyorgarligi nima uchun kuchli bo'lmadi deb aytdingiz?
Viktor Xermans (Tailand bosh murabbiyi):
- Dekabr yanvar fevral oylarida talim olish oylari hisoblanadi. Bu davr ichida barcha yoshlar talim olishlari kerak bo'ladi. SHu bois O'zbekistonga erta kela olmadik, oldinda Tailandda saylovlar jarayoni kutib turibdi. Ammo bu sharoitda eng yaxshi tayyorgarlik ko'rdik deb ayta olaman.

Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика