So’nggi yangiliklar

01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  1 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  1 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  7 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  2 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0

Futzal. Bugungi o'yinlardan keyin murabbiylarning fikrlari Yangiliklar

Futzal. Bugungi o'yinlardan keyin murabbiylarning fikrlari

Teglar :  Futzal
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 2-tur o'yinlari yakuniga etdi.

Bugungi o'yinlardan keyin jamoalar bosh murabbiylari quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

Abdujabbor G'afforov (“Maksam-CHirchiq” jamoasi bosh murabbiyi):

- O'yin qarama-qarshi hujumlar ostida kechdi. Har ikkala jamoada ham bir qator qulay imkoniyatlarga yuzaga keldi. “Nasaf” tarkibida texnik jihatdan yaxshi saviyadagi futzalchilar jam bo'lgan. Ularga bugun biroz omad etishmadi.

Ahadjon Yusupov (“Lokomotiv” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- O'yin oson kechmadi. Ayniqsa, kechagi og'ir uchrashuvdan keyin yigitlarda biroz charchoq bor edi. Mag'lubiyat hech kimga yoqmaydi. Raqib ham bellashuv so'nggiga qadar munosib qarshilik ko'rsatdi. Ikkinchi to'rtlikni ham shakllantirib olsak, ishimiz ancha oson kechadi. 3-turgacha hali vaqt bor. Kelgusi bahslarda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Jamoliddin SHaripovda kichik jarohat bor. SHu bois, tavakkal qilmadik, lekin o'ynovchi-darvozabonga ehtiyoj tug'ilsa, uni maydonga tushirishimiz mumkin edi.

Xurshid Tojiboev (“Navbahor” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- “Lokomotiv” tarkibida terma jamoaning bir qator etakchi futzalchilari to'p tepadi. SHu bois, uchrashuv qiyin bo'lishini bilar edik. Afsuski, o'zimiz yo'l qo'ygan xatolar bois o'yin avvalida ko'plab gol o'tkazib yubordik. Bugun aynan o'z xatolarimiz bois mag'lub bo'ldik.

 Ikkinchi to'rtlikning ikki futzalchisi betobligi tufayli jamoamizga yordam bera olmadi. SHu bois, asosan birinchi to'rtlikning xizmatlaridan foydalanishga majbur bo'ldik. Ilhom Yusufjonov o'tgan tur jarohat olgan edi. Jismoniy jihatdan hali tayyor emasligi sababli unga dam olish imkonini berishga qaror qildik. 3-turga qadar aynan kamchiliklarimiz ustida ishlab, kelgusi bahslarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Aleksandr Petrov (AGMK futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Bir nechta futzalchi o'yinidan ko'nglim to'lmadi. Ular bundan yaxshiroq o'ynay olishini bilaman. Uchrashuv oson bo'lmasligi haqida gapirgan edik, shunga yarasha tayyorgarlik ham ko'rgan edik. “Metallurg” juda chiroyli o'yin ko'rsatdi. 

Jamoaga 2-3 kun dam berib, keyin Olmaliqda yig'in o'tkazamiz va 3-turga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Ravshan Rajabov (“Metallurg” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Bugungi o'yin juda ham og'ir kechdi. Ko'plab vaziyatlarga yuzaga keltirdik. Sen urmasang, senga urishadi, deganlaridek, yakunda 3 ta to'p o'tkazib yubordik. Kelgusi turga yaxshi tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика