So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  1 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА собиқ терма жамоалар бўлими раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  1 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  2 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  91 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Futzal. Bruno Garsiya: "Vetnam Osiyo chempionatiga tayyor" Yangiliklar

Futzal. Bruno Garsiya: "Vetnam Osiyo chempionatiga tayyor"

Teglar :  FutzalVetnam
10-21 fevral kunlari Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionatida qatnashuvchi terma jamoalar orasida birinchi bo'lib Vetnam O'zbekistonga etib keldi.

Kecha O'zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini Vetnam bosh murabbiyi Bruno Garsiya kuzatib bordi. "C" guruhida Tojikiston, Tailand va Xitoy Taypei bilan kurash olib boradigan Vetnam ustozi bo'lajak raqiblari haqida malumot to'pladi. Biz fursatdan foydalanib ispaniyalik murabbiyning fikrlari bilan qiziqdik.

"O'zbekistonga bugun, 28 yanvar kuni etib keldik, - deb gap boshladi Bruno Garsiya. Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni shu erda davom ettiramiz. Ayni paytda Hoshiminda 35 daraja issiq, Toshkentda esa deyarli 0 gradus ekan. SHu bois ham shogirdlarim mahalliy iqlimga moslashishlari uchun qita chempionati boshlanishiga 14 kun qolganida yurtingizga etib keldik".



"Guruhimizdan o'rin olgan Tojikiston terma jamoasining O'zbekistonga qarshi o'yinini tomosha qildim. Tojikiston safida individual tarzda kuchli futzalchilar ko'p, lekin taktik qo'llanmalar yo'qligini sezdim. Masalan, O'zbekistonda taktik qo'llanmalar ko'pligi ko'zga tashlandi".

"Vetnam Osiyo chempionatiga tayyor. Taktik kuchimiz orqali raqiblarning jismoniy kuchini engishga harakat qilamiz. Guruhdagi barcha raqiblarni hurmat qilamiz. Kvartetimizda Tailand favorit. Xitoy Taypei ham o'ziga yarasha kuchli terma jamoa hisoblanadi".

"Toshkentga kelganimizda qalin qor yoqqanini ko'rdik. Men ispaniyalikman oldin ham qorni ko'p ko'rganman (kuladi). SHogirdlarim esa bundan hayron qolishdi. Bir yil oldin Xorvatiyaga yig'in o'tkazishga borganimizda futzalchilarim birinchi bor qorni ko'rishgandi", - deydi Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика