So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Futzal bo'yicha Toshkent viloyati hokimi kubogi qaysi jamoaga nasib etdi? Yangiliklar

Futzal bo'yicha Toshkent viloyati hokimi kubogi qaysi jamoaga nasib etdi?

Teglar :  Futzal
Toshkent viloyati tashkilot-korxonalar va muassasalar o'rtasida futzal bo'yicha viloyat hokimi kubogi uchun musobaqa o'tkazildi.

Fevral oyi davomida bo'lib o'tgan qiziqarli va keskin bahslarga boy bo'lgan musobaqada jami 26 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi.

Dastlab, turnirning hududiy bosqichlari viloyatning Olmaliq, Nurafshon, CHirchiq va Yangiyo'l shaharlarida tashkil etildi.

Ularda muvaffaqiyatli qatnashgan Parkent TTB, “Metallurg” (Olmaliq), “Ammofos-MAXAM” (Olmaliq) hamda “Yangiyo'l” jamoalari yarim final yo'llanmalarini qo'lga kiritishdi.

Yarim finalda quyidagi jamoalar o'zaro kuch sinashishdi:

Parkent TTB — “Ammofos-MAXAM” (Olmaliq) – 9:4

“Metallurg” (Olmaliq) – “Yangiyo'l” – 5:2

Final uchrashuvlari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport manejida bo'lib o'tdi.

Dastlab, uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda “Yangiyo'l” jamoasi “Ammofos-MAXAM” (Olmaliq)ni 8:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Hal qiluvchi o'yinda esa, Parkent TTB futzalchilari “Metallurg” (Olmaliq) jamoasi ustidan 10:3 hisobida yaqqol ustun kelib, birinchi o'rinni egallashdi va Toshkent viloyati hokimi Kubogini qo'lga kiritishdi.

“Toshkent viloyati hokimi Kubogi-2020” musobaqasining nominaciyalari bo'yicha quyidagilar g'olib, deb topildi:

“Eng yaxshi darvozabon” – Laziz Xo'jaahmatov (Parkent TTB);
“Eng yaxshi himoyachi” – Erkin Xudoyorov (“Metallurg”);
“Eng yaxshi hujumchi” – Bekzod Tojiboev (“Ammofos-MAXAM”);
“Eng yaxshi o'yinchi” – Andrey Snetkov (Yangiyo'l).

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan viloyat hokimligining qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика