So’nggi yangiliklar

01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  2 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 23:43"Реал Овьедо" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  45 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  13 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati. AGMK ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi Yangiliklar

Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati. AGMK ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi

Futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 2-turida AGMK Iroqning "Naft al-Vasat" klubiga qarshi bellashdi.

YANGILASH


SHu tariqa, AGMK kuchli legionerlarga ega Iroq chempionini 5:3 hisobida mag'lub etdi va guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.

40 - Gol, Angellot hisobni yanada qisqartirdi.

40 - Gol, Gait Riyad hisobni qisqartirdi.

39 - Goooooooolllll, Husniddin Nishonov bo'sh qolgan darvozani nishonga oldi.

36 - Ehhhh, raqiblar o'ynovchi darvozabon bilan harakat qila boshlashdi. Davron CHoriev to'pni olib qo'yib bo'sh qolgan darvozaga tepdi, to'p ustunga tegib maydonni tark etdi.

31 - Gooooooolllllll, Ixtiyor Ropievdan xet-trik!!! Qoyil!


29 - Goooooooolllll, Anasxon Rahmatov AGMKning uchinchi golini kiritdi. Mashrab Odilovning burchakdan uzatgan to'pini Anasxon raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

29 - Uhhhh, Akbar Usmonovning qaychi uslubida tepgan to'pi biroz noaniq ketdi.

26- Ehhhh, Akbar Usmonov birga-bir imkoniyatdan foydalana olmadi.

25 - Gooooooolll, Ixtiyor Ropiev bir raqibni ortda qoldirib darvozabonni ham dog'da qoldirdi va dublini nishonladi. Barakalla!

- Birinchi bo'lim o'z yakuniga etdi. Olmaliqliklar raqibdan ko'ra ko'proq vaziyatlar yaratishdi, ammo tabloda hozircha tenglik.

14 - Goooooooolll, Ixtiyor Ropiev Toriqni aldab o'tdi va chap tomondan birga-bir chiqib borib uzoq burchakni aniq nishonga olib muvozanatni tikladi.

13 - Gol, Fahad yon chiziqdan to'pni yonginasida turgan Farhod Tavakoliga tashladi, Eron terma jamoasi azosi esa to'pni AGMK darvozasi oldiga turib olgan Angellotga uzatdi va gol.


Futzal

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

"B" guruhi, 2-tur

09.08.2019, 10:00

AGMK — "Naft al-Vasat" 5:3

Gollar: I.Ropiev 14, 25, 31, H.Nishonov 39 A.Rahmatov 29 - Angellot 13, 40, G.Riyad 40

AGMK — Darvozabon: 1.Rustam Umarov (sardor)

Futzalchilar: 4.Ixtiyor Ropiev, 5.Ilhomjon Hamroev, 6.Husniddin Nishonov, 7.Dilshod Rahmatov. 

Zaxira: 2.Abbosbek O'lmasbekov (darvozabon), 3.Mashrab Odilov, 8.Davron Valijonov, 10.Akbar Usmonov, 12.Davron CHoriev, 14.Anasxon Rahmatov. 9.Alan Aminov, 11.Temur Berdiev, 13.Islombek Biyto'raev.

Bosh murabbiy: Aleksandr Petrov.

"Naft Al Vasat" — 1.Yaxyo Abdulnur Rahem (darvozabon), 12.Omar Sabti (darvozabon), 6.Abdulkadxim (darvozabon), 2.Muheb Alden, 3.Majid, 4.Tareq, 5.Hasan, 7.Salim Faysal, 8.Fahad, 9.Valid Xalid, 10.Angellot, 11.Husam Sabti, 13.Farhad Tavakoli, 14.Gait Riyad.

Bosh murabbiy: Haitxam Abbas.

Ogohlantirish: A.Rahmatov 27

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика