So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Futzal. 5-tur startidan so'ng murabbiylar fikri Yangiliklar

Futzal. 5-tur startidan so'ng murabbiylar fikri

Teglar :  Futzal
Futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasining 5-turi boshlandi.

Turning dastlabki o'yinlaridan so'ng jamoalar murabbiylari o'z fikrlarini bildirishdi. 


Bahodir Ahmedov (HUAXIN-Jizzax bosh murabbiyi): 

- O'yinda juda ham qiynaldik. CHunki 3-4 futbolchimiz shamollab qolgan va shu holatda o'ynashga majbur bo'ldi. Lekin bu bahona bo'lolmaydi. Juda ko'p vaziyatlarni ko'kka sovurdik. 

Menda hech qachon raqibni mensimaslik holati uchramaydi. Lekin shogirdlarim bugun past nazar bilan qaragan bo'lishi mumkin. SHu tufayli uchrashuv boshida 2 bor jazolandik. Muhimi, o'yin yakuniga qadar g'alabani o'z tomonimizga og'dirishni uddaladik.



Farruh Zokirov («Neftchi» futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Bugun ligadagi eng nomdor jamoaga qarshi o'ynadik. Tarkibimizda bir qator yo'qotishlar (4 kishi) bo'lgani tufayli raqibga munosib qarshilik ko'rsatishga urindik. Maydonda borini bergan yigitlarga minnatdorchilik bildiraman.

O'yin avvalida o'z vaziyatlarimizdan foydalangandik. Husniddin Nishonovning kuchli zarbalari esa muvozanatni buzib, ustunlikning jizzaxliklar tomonga o'tishiga sabab bo'ldi.


Iskandar Mahmudov («Stroitel-Zarafshon» futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Mavsumdagi birinchi g'alabani qo'lga kiritish qiyin bo'ldi. O'yindan oldin yigitlarga o'zlariga biriktirilgan hududni mukammal qo'riqlashni o'rgatgandik. Tan olishimiz kerak, omad ham biz tomonda bo'ldi.

Aslida moliyaviy qiyinchiliklar tufayli o'yinga qadar umuman mashg'ulot o'tkazmagandik. Futzalchilarga nazariy ko'rsatmalar berib, o'yinga chiqardik. Lekin, rahbariyat jamoa mavsum oxiriga qadar chempionat va kubok bahslarida ishtirok etishini takidladi. Bundan xavotir olishga hojat yo'q.


Dilshod Haydarqulov («Dinamo» futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Bugun «Stroitel-Zarafshon» bizga nisbatan yaxshiroq o'yin ko'rsatdi. Jamoaning yutuqqa chanqoqligi ko'rindi va shunga yarasha g'alaba qozondi. 

«Dinamo» jamoasi yosh futzalchilardan iborat. Yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanish borasida qiyinchiliklarga duch kelyapmiz. Qatorasiga 7-8 o'yinlik g'alabasiz o'yinlar seriyasi shogirdlarimning ruhiyatiga yomon tasir qilmoqda. Kelasi bahslarda ularni bu holatdan olib chiqishga harakat qilaman.


Xurshid Tojiboev («Navbahor» futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- O'tgan turdagi mag'lubiyatdan keyin xatolar ustida jiddiy bosh qotirdik va bugungi bahsga yaxshilab tayyorlandik. SHunga qaramay, biz kutgandan qiyinroq bo'ldi. Qanchalik mushkul bo'lmasin, 3 ochkolik bo'ldik.

O'yindan kelib chiqsak, hisob yirikroq bo'lishi ham mumkin edi. Lekin vaziyatlardan foydalanishda oqsadik. Bo'sh qolgan darvozaga ham to'p kiritolmagan paytlarimiz bo'ldi. Endi diqqatni jamlab, keyingi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.



Ahadjon Yusupov («Lokomotiv» futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- O'yin biz kutgandek qiyin kechdi. Qaysidir manoda omadimiz keldi, desa ham bo'ladi. Birinchi bo'limda «Nasaf» ajoyib harakat qildi. Ikkinchi taymda esa ustunlikni qo'lga oldik.

4-5 nafar futzalchimiz biroz betobligi bois bugun jamoamizga yordam bera olmadi. SHunga qaramasdan yigitlar yaxshi harakat qilishdi.



Alisher Yusupov («Nasaf» futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- O'yinni yaxshi boshladik. Birinchi bo'limda 3:1 hisobida oldinda borayotgan edik. Ammo, himoyachi va darvozabonlarning oddiy xatolari sabab gollar o'tkazib yubordik. Qiziqarli uchrashuv guvohi bo'ldik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика