So’nggi yangiliklar

08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  0 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  8

Futboldan chetlatilgan futbolchi bilan aloqaga chiqdik Yangiliklar

Futboldan chetlatilgan futbolchi bilan aloqaga chiqdik

Kecha O'FA rasmiy sayti "Navbahor" va "Surxon" jamoalarining sobiq murabbiyi Ilhom Mo'minjonov, "Navbahor"da ishlagan va ayni paytda "Surxon"da faoliyat yuritayotgan SHerzod SHaripov hamda sobiq "Navbahor" futbolchisi, hozirda "Surxon"da to'p tepayotgan Dilshod Jabborov malum muddatga futboldan chetlatilganini elon qildi.

"O'FA Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan Ilhom Mo'minjonovning faoliyatiga qonuniy baho berish maqsadida u bilan birga faoliyat olib borgan futbolchilar va rasmiy shaxslar suhbatga chaqirildi hamda ular bilan suhbatlar o'tkazildi.

O'FA Etika qo'mitasi taqdim qilingan hujjat va dallilarni o'rganib chiqib, bugun 1 aprel kuni O'FA binosida yakuniy yig'ilishini o'tkazdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan O'FAning Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan ishga oid taqdim etilgan malumotlardan hamda Intizom va odob-axloq (etika) qo'mitasining bildirgan fikr va mulohazalaridan kelib chiqib, yig'ilish qaror qildi:

- “Surxon” PFK jamoasi sardori Jabborov Dilshod “Navbahor lochinlari” PFKning sobiq bosh murabbiysi Mo'minjonov Ilhomga 2017 yil mavsumida kelishilgan o'yinlarni tashkil qilishga yordam berganligi va futbolchilarni o'yinni sotishga undagani, shuningdek, qo'mitaning yozma va og'zaki so'rovlariga etibor bermay uzrli sababsiz qo'mita yig'ilishlariga kelmaganligi uchun O'FA intizom kodeksining 5.52. bandiga asosan 2019 yil futbol mavsumi oxiriga qadar futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilsin" - deya xabar berdi O'FA rasmiy sayti.



Biz bugun "Surxon"da to'p tepayotgan "Navbahor"ning sobiq futbolchisi Dilshod Jabborov bilan bog'landik.

Futbolchi O'FA elon qilgan Ilhom Mo'minjonovga kelishilgan o'yinlarni tashkil etishda yordam berganini keskin rad etdi. Dilshod Jabborovning malum qilishicha, "Navbahor"da bunday ishga qo'l urmagan va hech kimni kelishilgan o'yinlarda ishtirok etishga undamagan.

"Bolalar bog'chasi emasku jamoa, men futbolchilarni qanday qilib kelishilgan o'yinlarda ishtirok etishiga yordam beraman yoki futbolchilar undayman? Ular bog'cha bolasimi?", - deydi futbolchi.

O'FA Etika qo'mitasi taqdim qilingan hujjat va dallilarni o'rganib chiqqan O'FAning 1 aprel kuni O'FA binosida o'tkazgan yakuniy yig'ilishida ishtirok etmagan Jabborov diskvalifikaciya haqidagi xabarni qaerdan eshitganini aytdi.

"Hali hech kim bilan gaplashganim yo'q. Hozirgina Toshkentga keldim. Ochig'i, mazam bo'lmagani uchun yotgandim. Termizda edim. Bu xabarni "Championat.asia" saytida o'qidim. Ochig'i, bu xabarni o'qib shokka tushdim", - deydi Jabborov.

Futbolchiga O'FAga hali bormaganini va yaqin kunlar ichida O'FA borib vaziyatga izoh so'rashini takidladi.

"Meni 1 oycha avval O'FAga chaqirishgandi. O'shanda borib, ikki kishi bilan suhbatlashgandim. Qaysi o'yinlar haqida gap ketgan? 2017 yilgi "Navbahor"ning "Metallurg" va "Lokomotiv"ga qarshi Toshkentdagi o'yinlar tilga olingandi. Erta yoki indin O'FAga boraman va mazkur masala bo'yicha vaziyatga oydinlik kiritamiz", - dedi Dilshod Jabborov.

Qayd etish kerakki, 2017 yilgi chempionatda "Navbahor" birinchi davrada Namanganda "Loko" bilan durang o'ynagan. Toshkentda esa "Lokomotiv"dan (2:0) mag'lubiyatga uchragan. "Metallurg" bilan o'yinlar esa Bekobodda 0:0 hisobida durang bo'lgan, Namanganda esa "Navbahor" (2:1) g'alaba qozongan.

Dilshod Jabborov hali "Surxon" jamoasi azosi hisoblanishini va o'rtadagi bitim bekor qilinmaganini takidladi.

Futbolchi O'FAga borib vaziyatga oydinlik kiritilganidan so'ng saytimizga intervyu berishini malum qildi.

Reyting: -43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика